«Yettilik» (G7) davlatlari yetakçilari Ukrainaga Ğarb mamlakatlarida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan keladigan daromad hisobiga 50 milliard dollarga yaqin kredit ajratiş böyiça kelişib oldilar. Bu haqda 25 oktyabr, juma kuni Italiya hukumati saytida e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi.
Bayonotga köra, bir qança Ğarb davlatlarining moliya vazirlari avvalroq Ukrainaga kredit beriş masalasida «qarz izçilligi, muvofiqlaştirilişi, adolatli taqsimlanişi va G7 barça hamkorlari örtasida birdamlikni ta’minlaş uçun texnik yeçim» böyiça kelişib olgan. Kiyevga kredit «Katta yettilik» davlatlarining tegişli huquqiy tizimlari va xalqaro qonunlarga muvofiq» beriladi.
Kiyevga ajratilgan pullar Ukrainani iqtisodiy va harbiy qöllab-quvvatlaşga, şuningdek, Rossiyaning keng kölamli bosqinidan keyin mamlakatni tiklaşga sarflanişi kerak, deya qayd etadi G7. «Bizning maqsadimiz yil oxirigaça mablağlarni tölaşni boşlaşdir», deyiladi bayonotda.
G7 davlatlari Ukrainaga 50 mlrd dollar ajratiş majburiyatini oldi
«Katta yettilik» joriy yil oxirigaça Ukrainaga 50 milliard dollar, AQŞ esa bu davlatga 20 milliard dollar kredit ajratiş majburiyatini olgan. Bu haqda AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen Ukraina Moliya vazirligi rahbari Sergey Marçenko bilan kelişuv imzolanganidan söng ma’lum qildi.
Yyellen AQŞning Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşirişini ta’kidladi.
Oldinga yana bir şunday qadam qöyilganini e’lon qilişdan juda mamnunman. «Katta yettilik» Ukrainaga joriy yil oxirigaça 50 milliard dollar kredit ajratiş majburiyatini olgan. Şuningdek, Qöşma Ştatlar mamlakatga 20 milliard dollar miqdorida kredit ajratadi, uni Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tuşgan daromaddan tölaş rejalaştirilgan, dedi u.
AQŞ Moliya vazirligi rahbarining sözlariga köra, uruş xarajatlarini endi AQŞ va Yevropadagi soliq tölovçilar emas, balki Rossiya öz zimmasiga olişi kerak böladi.
Yyellen Ukrainani qöllab-quvvatlaş Qöşma Ştatlarning milliy manfaatlari uçun hayotiy ahamiyatga ega ekanligini va Ukrainaning qulaşiga yöl qöyiş Yevropadagi NATO ittifoqçilari xavfsizligini xavf ostiga qöyişni anglatişini ta’kidladi.
Aynan şuning uçun ham Qöşma Ştatlar Ukrainaga qurol-yaroğ va moliyaviy yordam berişda davom etmoqda, — dedi u.












