O‘qishga kirish test sinovlarida qator yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda

2019/20 o‘quv yili qabulida ham 2018 yildagi tajribani davom ettirgan holda test sinovlari jarayonida imkoniyatlarni yaratish maqsadida bir qator takliflar qaror loyihasiga kiritilmoqda, deb bayonot berdi Davlat test markazi rahbari Majid Karimov.
Kun.uz muxbirining ma'lumotiga ko‘ra, abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan ortiqcha ovoragarchiliklar va xarajatlarni oldini olish maqsadida ularning yashab turgan manzilida Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatga olish, abituriyent tomonidan tanlanayotgan ta'lim muassasasining joylashgan hududidan qat'i nazar, o‘zi yashab turgan hududda test sinovlarida ishtirok etishi qaror loyihasiga kiritildi.
«Shuningdek, abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyatini yanada oshirish maqsadida ularga bir vaqtning o‘zida uchta bakalavriat ta'lim yo‘nalishini tanlash huquqi berilmoqda. Bundan tashqari, ularga amal qilish muddati uch yil bo‘lgan sertifikat beriladi. Sertifikatdan ular uch yil davomida oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun foydalanishi mumkin», – deydi DTM rahbari.
Kun.uz muxbirining ta'kidlashicha, bir vaqtda uchta OTMga topshirish masalasi keyinchalik optimizatsiyalashtirilib, tanlov huquqi bo‘yicha OTM soni yana oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2018/19 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish davlat imtihonlari uchun hujjatlar sinov tariqasida respublikaning barcha tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgandi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi

17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi

18:39 / 11.10.2024