2019/20 öquv yili qabulida ham 2018 yildagi tajribani davom ettirgan holda test sinovlari jarayonida imkoniyatlarni yaratiş maqsadida bir qator takliflar qaror loyihasiga kiritilmoqda, deb bayonot berdi Davlat test markazi rahbari Majid Karimov.
Kun.uz muxbirining ma'lumotiga köra, abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan ortiqça ovoragarçiliklar va xarajatlarni oldini oliş maqsadida ularning yaşab turgan manzilida Davlat xizmatlari markazlari orqali röyxatga oliş, abituriyent tomonidan tanlanayotgan ta'lim muassasasining joylaşgan hududidan qat'i nazar, özi yaşab turgan hududda test sinovlarida iştirok etişi qaror loyihasiga kiritildi.
«Şuningdek, abituriyentlarning öqişga kiriş imkoniyatini yanada oşiriş maqsadida ularga bir vaqtning özida uçta bakalavriat ta'lim yönalişini tanlaş huquqi berilmoqda. Bundan taşqari, ularga amal qiliş muddati uç yil bölgan sertifikat beriladi. Sertifikatdan ular uç yil davomida oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş uçun foydalanişi mumkin», – deydi DTM rahbari.
Kun.uz muxbirining ta'kidlaşiça, bir vaqtda uçta OTMga topşiriş masalasi keyinçalik optimizatsiyalaştirilib, tanlov huquqi böyiça OTM soni yana oşirilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 2018/19 öquv yilida Toşkent davlat yuridik universitetiga kiriş davlat imtihonlari uçun hujjatlar sinov tariqasida respublikaning barça tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida qabul qilinişi yölga qöyilgandi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube

















