Kuwait Airways O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
Farg‘onadan Kuvaytga parvoz vaqti 3-3,5 soatni tashkil qilishi hisobga olinsa, Kuvayt xalqaro aeroporti O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay tranzit nuqtasiga aylanishi mumkin.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Kuvaytdagi tashrifi davomida Kuwait Airways aviakompaniyasi bosh ofisida bo‘lib, Kuvaytning ushbu milliy aviakompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Abdulmohsen Salem Alfagaan va boshqaruv kengashi a’zolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Kuwait Airways tomonidan Kuvaytdan Farg‘onaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Bugun O‘zbekistonda aholining aviaqatnovlarga bo‘lgan talabi ortib borayotgani bois, xorijiy aviakompaniyalar bilan ham birgalikda ishlash yo‘lga qo‘yilayotganligi ta’kidlandi. Farg‘onadan Kuvaytga parvoz vaqti 3-3,5 soatni tashkil qilishi hisobga olinsa, Kuvayt xalqaro aeroporti O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay tranzit nuqtasiga aylanishi mumkinligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Kuvayt aholisi uchun O‘zbekistonda joriy etilgan 10 kunlik vizasiz rejimdan kelib chiqqan holda Farg‘onaga kelish istagini bildirayotgan quvaytliklar ham yetarli ekani urg‘ulandi.
Kuwait Airways aviakompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Abdulmohsen Salem Alfagaan Farg‘onaga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasiga katta qiziqish bildirishayotganini qayd etib, bu borada rejali ish tashkil etilishini bildirdi.
Muntazam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi logistika nuqtayi nazaridan ham juda muhimligini ta’kidlab o‘tgan viloyat hokimi Farg‘onada ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarni Kuvaytga va bu yerdan boshqa davlatlarga yetkazib berishda tijoriy qatnovlarning ham tashkil etilishi samarali bo‘lishini qayd etdi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:28 / 21.11.2024