O‘zbekiston | 12:11 / 27.02.2021
9677
7 daqiqa o‘qiladi

Zavqli sayohat: yangi taassurotlar uchun borish tavsiya etiladigan joylar

Bayram yoki uzoq kutilgan ta'til – bu katta bo‘lmagan, lekin, juda zavqli sayohatga otlanish uchun ideal vaqt.

Asialuxe Travel qiziqarli yo‘nalishlar, u yoki bu davlatda dam olishning o‘ziga xosliklari, shuningdek, sayohatni rejalashtirish uchun qulay sanalar haqida ma'lumot beradi.

Maldiv orollari

Qishda eng ommabop bo‘lgan yo‘nalish bahorda ham davom etadi. Maldiv orollari butun yil davomida juda chiroyli: quyoshli ob-havo, oppoq plyaj va ko‘plab ko‘ngilochar maskanlar sizni kutmoqda.

Bu yerda siz o‘zingiz uchun uzoq kutilgan «didjital-detoks»ni amalga oshirishingiz, shahar shovqinidan dam olishingiz, oftobda qorayishingiz va albatta dengiz taomlarini tatib ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘yin-kulgiga keladigan bo‘lsak, har bir mehmonxona (bu butun orol) vaqtni qiziqarli o‘tkazish uchun ko‘plab takliflarni taqdim etadi: suvning 20 metr chuqurligida dayving, snorkling, SPAda hordiq chiqarish, okean o‘rtasida qayiqda quyosh botishini tomosha qilish va hatto delfinlar bilan sayr qilish.

Malega qadar turistik to‘plamlar va aviachiptalar quyidagi sanalarda mavjud:

06.03.2021 – 13.03.2021

13.03.2021 – 20.03.2021

20.03.2021 – 27.03.2021

Bog‘lanish uchun: t.me/asialuxe_n

Antaliya

Antaliya – bu turli ranglar, uzoq vaqt piyoda sayr qilish uchun qulay ob-havo hamda yoqimli narxga ega Ultra All Inclusive konsepsiyasidagi hashamatli mehmonxonalar.

Shaharning sharqiy koloriti, har qadamda tarixiy, diqqatga sazovor joylar, takrorlanmas asl taomlar, ajoyib shopping, o‘zgaruvchan muhit va dengiz hech qachon ortiqchalik qilmaydi.

Antaliyaga qadar to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bahorda har 10 kunda, yozda esa har kuni amalga oshiriladi.

Bog‘lanish uchun: t.me/asialuxe_r

Istanbul

Sirli, hashamatli, o‘zgacha… Istanbul haqida afsonalar keltirish mumkin, bu shaharga bir marta tashrif buyurib, siz uni samimiyat va iliqlik uchun yaxshi ko‘rib qolasiz.

Istanbul yilning har qanday vaqtida ajoyib: turli daraxtlar, issiqqina «simit» va gullarning sarmast qiluvchi ifori, yoqimli ob-havo, Bosfor qirg‘og‘ida sevimli choy va qarsildoq «simit» bilan tamaddi qilish.

Diqqatga sazovor joylar sizni har bir qadamda qarshi oladi: Istanbuldagi har bir ko‘cha hamda har bir uyga hayratlanarli madaniyat va tarix singdirilgan.

Istanbulga qadar reyslar har chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Bog‘lanish uchun: t.me/asialuxe_f

Sharm-el-Sheyx

Sharm-el-Sheyx kurorti odamlarni u yerda butun yil davomida dam olish imkoniyatining borligi bilan o‘ziga jalb qiladi. Fir'avnlar vatani, ehromlar va Qizil dengizning moviy chuqurligi dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab sayyohlarni jalb qiladi.

Shahar Qizil dengiz qirg‘og‘ida joylashgan va u ko‘plab tajribali sayyohlarning fikrlariga ko‘ra, eng chiroyli va boy suvosti flora va faunalarining biriga ega joy sifatida tan olingan. Sharm atrofida juda chiroyli marjon qoyalar bor, u yerlarda baliq va boshqa dengiz jonzotlarining o‘nlab turlari yashaydi. Bu yer niqob yoki akvalang bilan suzishni yoqtiradigan kishilar uchun jannatdir!

Sharm-el-Sheyxga turistik to‘plamlar va aviachiptalar butun yil davomida mavjud.

Bog‘lanish uchun: t.me/asialuxe_Di

Dubay

Dengizda quyosh ostida qorayish, dunyoning eng zo‘r restoranlarida ovqatlanish va zamonaviy arxitekturadan bahramand bo‘lishni xohlayapsizmi? Kundalik hayotdan iliq va zamonaviy Dubayga qochib ketishni taklif qilamiz. Chiroyli mashinalar, binolar va ajoyib shoping-festival – bu ushbu fantastik shaharning faqatgina kichik bir qismi. Suvli jarayonlardan bahramand bo‘lish, masjidlarni ziyorat qilish va Burj-Xalifa bilan an'anaviy tarzda suratga tushishni tavsiya qilamiz.

Dubayga muntazam reyslar haftasiga besh marotaba, qulay Uzbekistan Airways avialaynerlarida amalga oshiriladi.

Bog‘lanish uchun: t.me/asialuxe_ba

Yuqorida aytib o‘tilgan reyslar xavfsizlikning barcha sanitar-epidemiologik normalariga amal qilgan holda, qulay, ixcham va katta samolyotlarda amalga oshiriladi.

Kompaniya telefon raqami va sayti orqali turistik to‘plamlar narxlari va aviachiptalar bilan tanishish va ularni band qilish mumkin: www.asialuxe.uz, 712017777. Shuningdek, Maldiv orollari, Antaliya, Sharm-el-Sheyx, Dubay va Istanbulga bo‘lgan turlarni shaharning barcha sayyohlik agentliklarida buyurtma qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Asialuxe Travel sayyohlik operatori 2018 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy vazifasi – bu barcha istaklarni va har qanday budjetni hisobga olgan holda, O‘zbekiston aholisiga ta'tilni chet elda o‘tkazishda yordam berishdir. IT-texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini joriy etish hisobiga, xizmatlar savdosini optimallashtirish aviachipta va turistik to‘plamlarni sotib olish jarayonini maksimal darajada soddalashtirishga imkon berdi.

B2B hamkorligi uchun O‘zbekistonning sayyohlik korxonalari va aviakassalarini taklif qilamiz hamda yuqoridagi telefon raqamiga murojaat qilishni so‘raymiz. Asialuxe Travel kompaniyasi samarali hamkorlikka tayyor.

Asialuxe Travel – innovatsion yondashuv, foydalanishning oddiyligi va maksimal darajadagi qulaylik.

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi, 24.

Telefonlar: +99871 2017777; +99899 4858788; +998 99 9368788

Telegram: t.me/asialuxe

Telegram'dagi «qaynoq» turlar: t.me/asialuxehottours

Telegram'dagi «qaynoq» turlar (o‘zbek tilida): t.me/asialuxe_qaynoqtur

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Veb-sayt: www.asialuxe.uz

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid