O‘zbekiston | 15:00 / 13.10.2025
3561
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

UZCARD «Omad mavsumi» aksiyasining ikkinchi bosqich g‘oliblari aniqlandi

9 oktyabr kuni onlayn to‘lovlar madaniyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida UZCARD to‘lov tizimi tomonidan tashkil etilgan «Omad mavsumi» aksiyasining ikkinchi bosqich sovrinlari o‘ynaldi.

Foto: UZCARD

Ikkinchi bosqichda 1–30 sentabr kunlari 50 000 so‘mdan boshlab onlayn xarid va o‘tkazmalar amalga oshirgan UZCARD kartalari egalari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘rtasida har biri 10 000 000 so‘m miqdoridagi ikkita pul sertifikati hamda Vetnamning Fukuok oroliga ikkita sayohat yo‘llanmasi qo‘yildi.

O‘yin UZCARD’ning Instagram’dagi rasmiy sahifasida, kompaniyaning YouTube-kanalida va aksiya sayti promo.uzcard.uz orqali jonli efirda o‘tkazildi. Jonli efirga qo‘shila olmaganlar uchun yozuv UZCARD’ning YouTube-kanalida mavjud.

Oktyabr oyidan aksiyaning uchinchi bosqichi start oldi. U 31 oktyabrgacha davom etadi va yakunlariga ko‘ra yana har biri 10 000 000 so‘mlik ikkita pul sertifikati hamda Maldiv orollariga ikkita yo‘llanma o‘ynaladi.

Eng muhimi ishtirokchilar hali ham asosiy sovrin — BYD Yuan UP elektromobili o‘ynaladigan yutuqli o‘yinda ishtirok etishlari mumkin!

UZCARD kartalaridan 50 000 so‘mdan boshlagan har qanday onlayn to‘lov — bitta imkoniyat, kartadan kartaga o‘tkazma — ikkita imkoniyat beradi. Imkoniyatlar soni va ularga biriktirilgan ID-kodlarni aksiyaning rasmiy Telegram-boti: @UZCARD_promo_bot’da  tekshirishingiz mumkin.

Aksiyaning batafsil shartlari, sovrinlarni topshirish tartibi va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan rasmiy veb-saytda tanishish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid