Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UZCARD - Saudiya Arabistonidagi Money 20/20 Middle East xalqaro fintex ko‘rgazmasining bronza hamkori
15–17 sentabr kunlari UZCARD to‘lov tizimi nufuzli xalqaro Money 20/20 Middle East fintex ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu yilgi tadbir Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Kompaniya hamkor maqomida qatnashib, O‘zbekistonni raqamli moliya sanoatining jahon yetakchilari orasida munosib tarzda taqdim etmoqda.
Foto: Uzcard
Ishtirok UCMG kompaniyalar boshqaruv guruhi faoliyati doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur guruh xalqaro maydonda o‘zini namoyon qilgan bo‘lib, joriy yilning iyun oyida Amsterdamda o‘tkazilgan Money20/20 Europe ko‘rgazmasi doirasida ilk bor O‘zbekiston nomidan open banking, raqamli to‘lovlar va mamlakat bo‘ylab to‘liq qamrovga ega milliy to‘lov tizimi bo‘yicha innovatsion yechimlarni taqdim etdi.

Yaqin Sharq bozoriga chiqish global ishtirokni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim strategik qadamdir.

«Money 20/20 Middle East ko‘rgazmasi ishtirokchisi sifatida qatnashish bizning global harakatning bir qismi bo‘lish va O‘zbekistonda allaqachon amalga oshirilgan loyihalar bilan o‘rtoqlashish strategiyamizni aks ettiradi. Biz ochiq, shaffoflik, texnologiya va integratsiyaga asoslangan ekotizimni barpo etmoqdamiz. Biz rivojlantirayotgan open banking modeli o‘zining real infratuzilmadagi qo‘llanishi va mamlakat tashqarisida ham kengaytirishga tayyorligi bilan tasdiqlangan. Bugun biz xalqaro hamkorlikni kengaytirish, strategik ittifoqlarni yo‘lga qo‘yish va boshqa davlatlarning moliyaviy tizimlarini kuchaytirishga qodir yechimlarni joriy etishga e’tibor qaratmoqdamiz», — dedi David Melikidze, UCMG MChJ bosh direktori.

UZCARD global maydonga aniq missiya bilan chiqmoqda: O‘zbekiston — bu nafaqat rivojlanayotgan bozor, balki o‘zining fintex texnologiyalari, rivojlangan to‘lov arxitekturasi va global ta’sir ko‘rsatish ambitsiyalariga ega mamlakat ekanini ko‘rsatish.

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 11.11.2025
BYD Yuan Up, pul mukofotlari, Maldiv orollariga yo‘llanma - UZCARD “Omad mavsumi” aksiyasining birinchi mavsumini yakunladi va yangi bosqichga start berdi
17:00 / 03.11.2025
UZCARD “Omad mavsumi” aksiyasini uzaytiradi va 1 milliard so‘mlik sovrin jamg‘armasi bilan ikkinchi mavsumni e’lon qiladi!
15:00 / 13.10.2025
UZCARD «Omad mavsumi» aksiyasining ikkinchi bosqich g‘oliblari aniqlandi
17:04 / 07.05.2025