Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtobuslar uchun maxsus yo‘laklar to‘siqlar bilan ajratiladi
Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini yanada samarali tashkil etish va avtobuslar qatnoviga qulaylik yaratish maqsadida maxsus ajratilgan «A» yo‘laklarini deliniatorlar bilan himoyalash rejalashtirilmoqda.
Mazkur yangilik orqali avtobuslar uchun mo‘ljallangan alohida yo‘laklarni aniq ajratish, ushbu hududlarga boshqa transport vositalarining noqonuniy kirib ketishini cheklash hamda jamoat transporti harakat tezligini oshirish ko‘zda tutilgan.
Mutaxassislar fikricha, bunday amaliyot shaharda tirbandlik sharoitida avtobuslar harakatining barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki amalda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga yengil avtomobillar va boshqa transport vositalarining kirib qolishi jamoat transporti harakatida kechikishlarga sabab bo‘lmoqda.
Deliniatorlar o‘rnatilishi esa bu muammoning oldini olish, haydovchilarni yo‘l qoidalariga qat’iy amal qilishga undash va avtobuslar harakati uchun ustuvorlik yaratishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, yangi tartib jamoat transportidan foydalanuvchi yo‘lovchilar uchun ham qulayliklarni oshiradi. Avtobuslarning belgilangan vaqtda harakatlanishi, bekatlarga o‘z vaqtida yetib kelishi va umumiy qatnov intizomining yaxshilanishi kutilmoqda. Bu esa poytaxtda jamoat transporti jozibadorligini kuchaytirib, shaxsiy avtomobillardan ko‘ra avtobusdan foydalanishni rag‘batlantirishi mumkin.
Hozircha mazkur tizim qaysi ko‘chalarda joriy etilishi yuzasidan aniq manzillar ochiqlanmagan. Mas’ullar bu haqdagi batafsil ma’lumot yaqin kunlarda e’lon qilinishini bildirgan.
Qayd etilishicha, ushbu tashabbus Toshkent shahrida jamoat transporti infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:25 / 21.02.2026
Avtobusda yosh bolaga jinsiy tegajog‘lik qilgan pedofil 6 yilga qamaldi
08:45 / 08.11.2025
«Toshshahartransxizmat» talab yuqori yo‘nalishga qo‘shimcha avtobuslar chiqardi
17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
13:55 / 07.01.2024