Yo‘nalish raqami va nomi: 152 — «Moliya litseyi — Chorsu savdo markazi». Amaldagi sanasi: 8 noyabr 2025 yildan. Operator almashinuvi: «8-Avtobus saroyi» → «5-Avtobus saroyi». Yo‘nalishdagi reyslar soni soni 1 tadan 6 taga ko‘paytirildi.
Yo‘nalishda qo‘shimcha avtobuslar chiqarilishi natijasida:
- pik soatlarda tashish quvvati oshadi, bekatlardagi to‘planish kamayadi;
- kutish vaqtlari qisqaradi, safarni rejalashtirish osonlashadi;
- yo‘nalish barqarorligi yaxshilanadi, texnik va dispetcherlik resurslari 5-Avtobus saroyi orqali jamlanadi.










