Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ortiqxo‘jayev: «Biznesdan chetlashdim»
Foto: KUN.UZ
Xalqaro press-klubda Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida «Toshkent: aqlli, obod va sevimli shahar uchun umumiy harakatlar rejasi» mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Unda J.Ortiqxo‘jayevga yirik tadbirkor ekani hamda hokim lavozimini egallagach, biznesdan chetlashgani yoki hamon u bilan shug‘ullanayotgani haqida savol berilgan.
«Albatta, o‘z biznesimdan chetlashdim. Ammo, hokimlikda biznes yuritish niyatim bor, ya'ni faqat pul ishlatuvchi emas, balki hokimlikni pul topuvchi organga aylantirish. Keladigan daromadlarni esa xalqimizga ishlatish niyatimiz bor», - dedi u.
Shuningdek, Ortiqxo‘jayevdan uning kompaniyalari Toshkent shahridagi qurilishlar bo‘yicha o‘tkaziluvchi tenderlarga endi qanday imtiyozlarga ega bo‘lishi haqida so‘rashgan.
«Oldin ham bunday ishlar bilan shug‘ullanmaganmiz. Agar mahsulot sifatli, raqobatbardosh bo‘lsa, albatta, olishlari mumkin. Ammo, agarda sifatsiz, boshqa qandaydir nuqsonlari bo‘lsa, xalqning o‘zining e'tiboriga. Raqobatdan kelib chiqqan holda, xalqimizning o‘zining ixtiyori bo‘ladi. Men bunday narsalarga qarshiman», - deya aytib o‘tdi Ortiqxo‘jayev.
Mavzuga oid
08:49 / 11.05.2026
Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi
22:04 / 10.05.2026
Poytaxt aholisi va mehmonlari ogohlantirildi
21:32 / 03.05.2026
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi
10:41 / 27.04.2026