O‘zbekiston | 20:48 / 03.08.2015
10212
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek milliy avtomagistrali 2019 yilda qurib bitiriladi

O‘zbekiston milliy magistralining qurilishi 2019 yilda to‘liq yakunlanadi. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” DAK bosh mutaxassisi Mahmud Jumaboyev ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu magistralning to‘liq qurib bitirilishi natijasida Andijon-Qo‘ng‘irot va Samarqand-Termiz yo‘nalishidagi avtomobil yo‘llari xalqaro standartlarga to‘liq javob berishi, jo‘nash joyidan belgilangan masofaga yetib borish uchun
10-12 soat vaqt sarflanishi kutilmoqda.
Yangi magistralning paydo bo‘lishi, shuningdek, investitsion muhitni rag‘batlantirib, yangi investorlarni jalb etishga, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga yordam beradi.
O‘zbek milliy magistrali qo‘shni davlatlarga chiquvchi to‘rt yo‘nalishdagi 2 755 km masofani o‘z ichiga oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish