O‘zbekiston | 17:29 / 04.09.2015
61965
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Qarshi yo‘nalishida harakatlanadigan "Afrosiyob" poyezdining chipta narxlari ma'lum bo‘ldi

5 sentabrdan "Afrosiyob" tezyurar poyezdi Toshkent - Samarqand - Qarshi yo‘nalishida harakatlana boshlaydi.

Poyezd Toshkentdan soat 07-00 da yo‘lga chiqadi. Samarqanddan 09-13 da jo‘naydi va Qarshiga 10-15 da yetib boradi, deb xabar beradi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ.

Chipta narxlari quyidagicha: VIP klass - 135 000 so‘m, biznes klass - 95 000 so‘m va ekonom klass - 70 000 so‘m.

Ushbu jadvalga muvofiq boshqa yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanish grafigi o‘zgartiriladi:

1. 8/7 raqamli "Nasaf" poyezdi Toshkentdan soat 15-07da jo‘naydi va 19-46da Qarshiga yetib boradi. Qarshidan esa soat 07-09da yo‘lga chiqadi va 11-48 da Toshkentga yetib boradi.

2. 10/9 raqamli "Sharq" poyezdining Toshkentdan jo‘nash vaqti soat 08-26 ga va Buxoroga yetib borish vaqti 14-57 ga belgilangan. Poyezd Buxorodan soat 08-20 da qaytadi va Toshkentga 14-57 da yetib boradi.