Prezident Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi
Prezident bosh vazirga O‘zbekistonda 2025 yildan Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi. Bundan tashqari, og‘ir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar hamda Yevro-4 standartidan past yonilg‘ini ishlatishning atrof-muhitga zararini kamaytirish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripovga 2025 yildan Ai-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yig‘ilishda, shuningdek, Toshkent shahrida og‘ir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar hamda «Yevro-4»dan past yonilg‘idan foydalanishning ekologiyaga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqilishi topshirildi.
Avvalroq Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy omillar deya sifatsiz yonilg‘ida ishlaydigan avtotransport vositalaridan chiqayotgan chiqindilar, issiqlik va elektr stansiyalarida ko‘mir va mazutdan foydalanish, bosh rejasiz qurilish ishlari va daraxtlarni kesish kabilarni sanagandi.
Muammoni hal etish bo‘yicha taklif etilayotgan eng dolzarb chora-tadbirlardan biri yonilg‘i, xususan, «Yevro-4» standartidan past yonilg‘idan foydalanishni taqiqlashdir.
O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan bosqichma-bosqich voz kechish rejalashtirilayotgani haqida avvalroq Energetika vazirligi ham xabar bergandi.
Vazirlik Ai-80 benzini ko‘p mamlakatlarda taqiqlanganini, hatto neft mahsulotlarini to‘liq import qiladigan Qirg‘iziston va Tojikistonda ham allaqachon iste’moldan olinganini, hozircha mintaqada faqat O‘zbekiston va Afg‘onistonda Ai-80 benzinidan foydalanish davom etayotganini bildirgandi.
2025 yilga borib Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 ishlab chiqarilishi to‘xtatilsa, 2026 yilga borib Buxoro neftni qayta ishlash zavodi to‘lig‘icha sifatliroq yonilg‘i ishlab chiqarishga o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:10 / 13.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
17:26 / 06.11.2024
Propan 5 oyda qariyb 2 barobarga, AI-80 benzini esa yillik nisbatda 26 foizga qimmatlashdi
07:30 / 04.11.2024
Toshkentdagi yana uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
07:40 / 30.10.2024