Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya ikkiyoqlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik konvensiyasiga bayonnomani imzoladi
Foto: Illyustrativ foto
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya 1993 yil 15 noyabrdagi ikkiyoqlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital qiymati o‘sishidan soliqlarni to‘lashdan bosh tortishning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnomani imzoladi.
Bayonnoma Londonda 2018 yil 24 yanvarda O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari, G‘aznachilik rahbari Dilshod Sattarov va Buyuk Britaniya moliya vaziri o‘rinbosari, soliq va bojxona qirollik xizmati rahbari Mel Strayd tomondan imzolangan.
Bayonnoma bilan konvensiyaga soliq shaffofligi xalqaro standartlariga mos keluvchi yangi bandlar kiritildi.
Bayonnoma soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va boshqa moliyaviy qoidabuzarliklarning oldini olish uchun ikki davlat soliq xizmatlari o‘rtasida axborot almashish mexanizmlarini kengaytirishga qaratilgan.
Bu hujjat O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaga savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga imkon beradi.
Uchrashuv davomida ikki davlat vakillari moliya sohasida, xorijiy investitsiyalar va ilg‘or britan tajribasini jalb qilishda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Tomonlar, shuningdek, Buyuk Britaniya oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga to‘xtab o‘tishgan.
Mavzuga oid
09:41
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29 / 14.01.2026
Eronda qurbonlar soni o‘smoqda: YeI va Britaniya sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanyapti
19:15 / 12.01.2026