O‘zbekiston | 12:00 / 04.11.2021
5715
3 daqiqa o‘qiladi

Airport Tashkent yangi mobil dasturining o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat?

Foto: Airport Tashkent

Toshkent xalqaro aeroporti IOS va Android operatsion tizimlarida ishlovchi smartfon foydalanuvchilari uchun Airport Tashkent deb nomlanuvchi mobil dasturini ishlab chiqdi va ishga tushirdi. Ushbu dastur parvozlarni rejalashtirishda sizning shaxsiy yordamchingiz bo‘ladi! O‘zining qulay va sodda interfeysi natijasida ushbu dasturda quyidagilarni oson amalga oshirish mumkin:

  • mahalliy va xalqaro reyslar jadvalini onlayn tablo orqali kuzatish.
  • eng so‘nggi yangiliklarni kuzatib borish va tez-tez beriladigan savollarga javob topish.
  • CIP xizmatini onlayn tarzda xarid qilish. Endi buning uchun aeroportga borishga vaqt sarflashingiz shart emas. Siz shunchaki Uzcard yoki Humo bank kartalaridan birini ushbu dasturga qo‘shishingiz va shaxsiy ma'lumotlaringizni kiritishingizning o‘zi kifoya.
Foto: Airport Tashkent

CIP – bu navbatlar va uzoq ro‘yxatdan o‘tish jarayonida o‘z vaqtlarini behuda sarflashni istamaydigan yo‘lovchilar uchun yuqori qulaylikka ega zal. Quyidagilar bunga misol bo‘lishi mumkin:

  • Qulaylik, tinch muhit va yuqori tezlikdagi internetni yaxshi ko‘radigan muvaffaqiyatli tadbirkorlar parvozni kutish vaqtini ish bilan band bo‘lgan holda o‘tkazishlari uchun.
  • Parvoz oldidan bolalarni tinchlantirish, dam olish va tamaddi qilish uchun shinam lounge zaliga kirish maqsadida pasport va bojxona nazoratidan navbatlarsiz tezroq o‘tishni xohlaydigan o‘z farzandlariga ega juftliklar.
  • Kutib oluvchi g‘amxo‘r qarindoshlar yoki do‘stlar o‘z mehmonlariga nisbatan g‘amxo‘rlikni bildirishlari, ularning parvozlarini osonlashtirishlari va ularni navbatda kuttirmagan holda iloji boricha tezroq kutib olishlari uchun ushbu xizmatga buyurtma beradilar.
  • Qulay sharoitlar, salqin va issiq ichimliklar, gazaklar va mevalarni taqdim etadigan CIP zalini tanlovchi ta'tilni o‘tkazish uchun parvoz qilayotgan do‘stlar guruhlari.

Vaqt o‘tishi bilan dastur xizmati faqat takomillashadi, shuning uchun O‘zbekiston aviakompaniyalarining barcha foydalanuvchilariga ushbu dasturni hoziroq yuklab olishlari, uni sinab ko‘rishlari va bu haqida rost fikr bildirishlari tavsiya etiladi. Ehtimol, keyin uning funksionalligida hozirda faqat oflayn rejimda mavjud bo‘lgan ko‘plab onlayn operatsiyalar ham paydo bo‘ladi.

Mobil dasturni yuklab olish:

iOS: https://apps.apple.com/uz/app/airport-tashkent/id1581648106 

Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.global.ia

Veb sahifa: tashkent-airport.uz

Reklama huquqi asosida