O‘zbekiston | 07:12 / 29.11.2015
21041
2 daqiqa o‘qiladi

Beshta viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Hay'atining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi hududiy organlar, ta'lim va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda, rejaga asosan, qator masalalar muhokamasi bilan birga, Sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov yangi tayinlangan 18 nafar rahbarni Hay'at a'zolariga tanishtirdi. Jumladan, beshta viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshliqlari va uchta viloyat DSENM bosh vrachlari tayinlandi.
Quyida yangi tayinlangan rahbarlar nomlari keltirilgan.
1. Almardanov Shuhrat Qudratovich – Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i
2. Rasulov To‘lqin Berdiyevich – Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i
3. Ziyayev Orif Hakimovich – Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i
4. Yorqulov Qudratjon Mutalibovich – Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i
5. Mavlanov Fayzulla Kazakovich – Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i
6. Ergashev Dilmurod Ravshanbekovich – Namangan viloyati DSENM bosh vrachi - Namangan viloyati Bosh davlat sanitariya vrachi
7. Umarov Rustam Kamilovich – Toshkent shahar DSENM bosh vrachi - Toshkent shahar Bosh davlat sanitariya vrachi
8. Murtozayev Oybek Rajabqulovich – Qashqadaryo viloyat DSENM bosh vrachi - Qashqadaryo viloyat Bosh davlat sanitariya vrachi