O‘zbekiston | 15:14 / 06.08.2021
9737
2 daqiqa o‘qiladi

Reportaj: Farg‘onadagi imtihon jarayonlari

OTMlarga kirish imtihonlari uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda

Farg‘ona viloyatida ham 5 avgust kunidan e'tiboran oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun joylarda test sinovlari boshlandi.

DTM imtihonlari 4 ta sektorda (joyda) o‘tkazilishi belgilandi. Jami 149 ta guruh to‘rtga bo‘lingan holda test jarayonlari olib borilmoqda.

1-sektor – Farg‘ona davlat universiteti stadionida (1-50 guruhlar), 2-sektor – Farg‘ona shahri Qirguli mavzesi, Marg‘ilon ko‘chasidagi «Neftchi» stadionida, 3-sektor – Marg‘ilon shahri, 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida hamda 4-sektor – So‘x tumani “Ravon” MFYdagi 1-sonli maktab stadionida bo‘lib o‘tmoqda.

DTM ma'lumotiga ko‘ra, 2021/22 o‘quv yili qabulida Farg‘ona viloyatidagi oliygohlarga o‘qishga kirish uchun 61 261 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Kun.uz muxbiri Farg‘ona davlat universiteti stadionida bo‘lib o‘tayotgan test sinovi jarayonidan fotosuratlar va videoreportaj taqdim etadi.

Mavzuga oid