Yiğilişda qayd etilganidek, Farğona viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini xom holda emas, balki yuqori qöşilgan qiymatga ega tayyor mahsulot sifatida sotiş hisobiga eksportni oşiriş vazifasi qöyilgan. Şu maqsadda qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş, saralaş, qadoqlaş, logistika va yetkazib beriş zanjirini takomillaştiriş muhim ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.
Ma’lum qilingan rejaga köra, Farğona va Quvasoy şaharlarida xitoylik investorlar iştirokida umumiy qiymati 175 million dollar bölgan agrologistika markazlari barpo etiladi. Uşbu loyihalar meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş, tayyor mahsulot tayyorlaş va taşqi bozorlarga çiqariş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Şuningdek, yiğilişda qişloq xöjaligi sohasida işlab çiqariş hajmlarini oşiriş va qöşimça qiymat yaratişga qaratilgan boşqa loyihalar ham muhokama qilindi.
Yiğiliş yakunida davlat rahbari har bir loyihani aholi daromadlarini oşiriş va hudud iqtisodiyotini barqaror rivojlantiriş bilan uzviy boğlab amalga oşiriş böyiça tegişli topşiriqlar berdi.













