Jahon | 15:59 / 01.01.2016
20224
6 daqiqa o‘qiladi

Yer sayyorasining “o‘zga sayyora”lari

Rejissyor Jyeyms Kemeron o‘zining doimiy sarguzashtlari davomida Marian handag‘ini alohida yodga oladi. O‘shanda u go‘yoki o‘zini o‘zga sayyoraga tushib qolgandek, his qilganini tan olgandi. Handaq unga xuddi oy sahrosidek tuyuladi, u yerdagi yagona tirik mavjudot — kichik qisqichbaqalar ko‘ziga najotkorlardek ko‘rinadi.

Yer yuzidagi eng chuqur joy ummon tubi hisoblanasada, uning o‘z eko tizimi mavjud bo‘lsada, biroq bu kabi “parallel borliq”lar yer yuzining boshqa bir nuqtalarida ham mavjud. Yer sayyorasida kishini hayratga soladigan, o‘zga dunyoga tushib qolgandek hissiyotlarni uyg‘ota biladigan, kerak bo‘lsa, istalgan odam maxsus uskunalarsiz bora olishi mumkin bo‘lgan fantastik landshaftlar borki, ularni borib ko‘rish, go‘yo ming yillik afsona bilan ro‘baro‘ kelishdek hayajonli va zalvorlidir.

Ana shunday maskanlarning ayrimlari bilan tanishing. 

Quymoq qoyalar, Yangi Zelandiya

Qoyalar Yangi Zelandiyaning g‘arbiy sohillarida joylashgan. Ular bundan bir necha million yillar muqaddam, bu yerlar o‘rnida suvlik bo‘lgan mahallarda paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tib, qoyalar suv tubidan ko‘tarilgan, ularni shamol va ummon suvlari yuvib, ajobtovur landshaft hosil qilgan. Shu bois ular quymoq bo‘laklariga o‘xshab ham ketadi.

Bukri daraxtlar, Kanada

 

Bu tabiat hodisasi olimlar uchun xali-hamon yechib bo‘lmas topishmoq bo‘lib turibdi. Tadqiqotchilar bu holatni sabab genetik mutatsiya jarayonini aynan shu daraxtlarda ham sodir bo‘lgani bilan izohlashmoqda. Mana shu tabiiy munosabat tufayli, egri daraxtlar paydo bo‘lgan va Saskachevan provinsiyasi umumiy manzarasida bukilgan o‘rmon rakursi qad rostlagan.

Oq biyobon, Misr

Sahroiy Kabirning sharqiy qismida shunday hudud borki, u yer yil-o‘n ikki oy xuddi yaqindagina qor yog‘ib o‘tgandek, oppoq ko‘rinishda bo‘ladi. Bir necha million yillar muqaddam bu sahro ummon ostida bo‘lgan. Suv chekingach, uning o‘rnida ohaktosh va dengiz mikroorganizmlarining qoldiqlari qolib ketgan. Ularning ayrimlarini uzoq yillar mobaynida shamollar o‘ynab, haykallar ko‘rinishiga keltirib qo‘ygan.

Sokotra, Yaman

Sokotra — yer yuzidagi kelib chiqishi qita'ga borib taqaluvchi eng izolyatsiyalangan joy. Tasdiqlanishicha, u Afrika qit'asidan bundan 6 mln. yil muqaddam ajralib chiqqan. Orol sayyoramizda kamdan-kam uchraydigan o‘simliklar makoni hisoblanadi. Bu yerda uchraydigan nabotot namunalarini boshqa hech bir yerda uchratish mumkin emas.

Atakama sahrosi, Chili

Yer sayyorasidagi eng qoqshagan cho‘l. Undan NASA o‘z fazoviy kemalarini Marsni o‘rganish uchun uchirishda foydalanadi. Cho‘lning to‘prog‘ini “Qizil sayyora”niki bilan o‘ta o‘xshash, deb hisoblashadi. Bu yerda namlik miqdori juda oz miqdorda. Shu bois tirik organizmlarni uchratish qiyin. Chunki sahroning ayrim joylarida o‘n yillab yomg‘ir yog‘maydi.

Pamukkale, Turkiya

17 geotermal maydonni egallagan, harorati 35 dan 100 °C gacha bo‘lgan buloq, hududdagi butun suv havzasini belgilab beradi. Shakl ko‘rinishidan ayvonni eslatadi. Bundan tashqari, suv omborlari bilan ham qoplangan.

Kristallar g‘ori, Meksika

Bu g‘or yangi tunnel qurish paytida, tasodif tufayli konchilar tomonidan 2000 yilda ochilgan. Uning uzunligi 11 metrni, eni esa 4 metrni tashkil etadi. G‘or ichi turli kristallar bilan to‘lgan bo‘lib, ular turli ranglarda tovlanishar va turli o‘lchamlarda hamma yoqda yoyilib yotardi. Ularning yoshi 500 000 yil, deb e'lon qilindi. G‘or ichidagi harorat 58 °C ni, namlik esa 90-100 foizni ko‘rsatadi.

Chjantszyatsze, Xitoy

Ushbu tabiat xiyoboni Xunan muzofotining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Uning hududi 13 000 kv.km. ni tashkil etadi. Xiyobon kvarsit va qumtoshlarning ulkan ustunlariga chirmashgan yashil o‘simliklar bilan o‘ta zich qoplangan. U “Avatar” filmidagi Pandora sayyorasining prototipi hisoblanadi.

Shokoladli tepaliklar, Filippin

Deyarli mo‘'tadil balandliklar Boxol muzofotining 50 kv. km. maydonida yastanaib yotibdi. Turli xil ma'lumotlarga qaraganda, bu yerda 1200 ta dan 1800 ta gacha tepalik bor. Yilning asosiy vaqtida u turli o‘simliklar bilan qoplanib yotadi, ammo quruq mavsumda tepaliklar jigarrang tusga kiradi. Ana shunda bu joy o‘zga sayyora manzarasini kasb etadi.

Yehliu, Tayvan 

Xiyobon o‘zining g‘ayritabiiy manzarasi bilan tillarga tushgan. Suv, shamol va boshqa omillar sabab toshlar turli shakllarga kirgan. Masalan, bu yerda qo‘ziqorin yoki qirolicha Yelizavettalarga o‘xshash tosh shakllarini uchratish mumkin.

Manba: Xabardor.uz