Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoa shartnomalariga xodimlar uchun yiliga bir marta mahalliy sayohatga chiqish qoidasi kiritiladi
Foto: Fotolia
Prezident “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2022 yil 1 iyundan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida:
- jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritiladi;
- sayohat xarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab beriladi.
Quyidagilar “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish uchun mas’ul etib belgilandi:
- yoshlar, ayniqsa, ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun turizmning tarixiy bilim beruvchi, madaniy-ko‘ngilochar, ekstremal, ekologik, etno- va plyaj turizmi turlari bo‘yicha – Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi;
- mehnat, mahallalar jamoalari uchun turizmning ishbilarmonlik, ekstremal, ekologik, agro-, etno- gastronomik turlari bo‘yicha – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi;
- xotin-qizlar uchun turizmning ziyorat, ma’rifiy, ijtimoiy, madaniy-ko‘ngilochar, ekologik, etnoturizm turlari bo‘yicha – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi;
- faxriylar, nuroniylar va pensionerlar uchun turizmning ziyorat, tibbiyot, sog‘lomlashtirish turizmi turlari bo‘yicha – Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va “Nuroniy” jamg‘armasi.
Mazkur mas’ul tashkilotlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha har yili ish beruvchilar bilan birgalikda xodimlar respublika bo‘ylab sayohatga chiqishi uchun sayohat grafiklarini tasdiqlashni hamda sayohatni amalga oshirishni ta’minlaydi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirib borish uchun mas’ul etib Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilandi.
Mavzuga oid
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
23:02 / 05.01.2026
2026 yilda dunyo qiyofasini belgilaydigan 11 ta me’moriy loyiha
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
15:41 / 02.01.2026