Loyihada qayd etilişiça, xususiy investitsiyalarni jalb qiliş hisobiga respublikada 20 ta turizm klasterini taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, hududlarda 4 mingta yangi mehmonxona, mehmon uylari va xostellar taşkil etiş közda tutilgan.

Turizm infratuzilmasini yanada rivojlantiriş doirasida toğli hududlarda 25 ta dor yöli quriş hamda turizm mahallalari, qişloqlari va köçalari sonini 175 taga yetkaziş maqsad qilingan.

Qayd etilişiça, turizm xizmatlari eksportini 6 mlrd dollarga yetkaziş, tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini yiliga 1,5 mlrd dollarga çiqariş ham loyihadagi ustuvor yönalişlardan. Şu bilan birga, madaniy meros va turizm obektlarida madaniy hamda köngiloçar teatr tomoşalarini grafik asosida doimiy ötkaziş orqali yiliga 100 ming tomoşabin turistni jalb etiş rejalaştirilgan.

Loyihadagi rejalar turizm infratuzilmasini kengaytiriş, yangi klasterlar va joylaştiriş obektlarini köpaytiriş orqali turistlar oqimini oşiriş hamda turizm xizmatlari eksport salohiyatini mustahkamlaşga qaratilgan.