O‘zbekiston | 10:06 / 09.01.2016
5883
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ot sporti uchun yangi mashg‘ulot bazasi ochildi

Samarqandda ot sporti uchun yangi mashg‘ulot bazasi ochildi, deb xabar beradi “Samarkandskiy vestnik” nashri.

Loyiha rahbari, tashkilotchisi va homiysi Feruz Abdullayev bergan ma'lumotga qaraganda, ayni paytda bazada 17 ta toza naslli tulpor bor. Baza otxonasi 50 o‘rinli bo‘lib, u hali to‘ldirilmagan.

Shuningdek, texnik personal, chopag‘onlar va sportchilarga ham barcha sharoitlar yaratilgan. Ot sporti bo‘yicha O‘zbekistonning mutlaq chempioni, Jahon Kubogi Markaziy Osiyo bosqichi g‘olibi Vladimir Shmelyovning ta'kidlashicha, mashg‘ulotlar ot sportining 3 klassik turi bo‘yicha olib borilmoqda.