Jamiyat | 12:54 / 28.01.2016
6128
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyalik deputat chipslar va gazli ichimliklarni qo‘rqinchli rasmlar bilan markirovka qilish haqida taklif berdi
“Spravedlivaya Rossiya” partiyasi deputati Oleg Mixeyev tarkibida shakar va yog‘ ko‘p bo‘lgan mahsulotlar, jumladan, chipslar va gazli ichimliklarni ular keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kasalliklar rasmlari bilan “bezash”ni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Bu boradagi murojaat bosh vazir Dmitriy Medvedevga yo‘llandi. Mixeyevning fikricha, ushbu ro‘yxatga asosan yoshlar orasida mashhur “chiqindi oziq-ovqat” kiritilishi lozim.
2015 yil avgustida Dumaning boshqa bir deputati – Aleksandr Ageyev sho‘r, shirin va yog‘li mahsulotlarni “STOP!” belgisi bilan chiqarishni taklif qilgandi.