Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Goldman Sachs Kaddafiy jamg‘armasi bo‘yicha ishda yutib chiqdi
Foto: © AP
Goldman Sachs Liviya davlat jamg‘armasining (LIA) 1,2 mlrd dollar to‘lash talabi bo‘yicha sud ishini yutib chiqdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
2014 yilda LIA hamkorlik doirasida yo‘qotilgan mablag‘larni qaytarish talabi bilan Goldman Sachs ustidan sudga shikoyat qilgan. Ushbu ish bo‘yicha taftishlar 2016 yil iyunida boshlangandi.
Liviya Goldman Sachs’ni mamlakatning sobiq rahbari Muammar Kaddafiy vaqtidagi amaldorlarni sotib olish, jamg‘armaga avvaldan ziyonli ekanligi ma'lum bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlarni sotish va jamg‘arma rahbarlarining tajribasizligidan o‘z maqsadlarida foydalanishda aybladi.
London sudi investitsion bank milliard dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘qotgan liviyalik amaldorlarni "laqillatmaganligi" haqidagi hukmni chiqardi. Sudya Viven Rouz bank bahslashilayotgan bitimlardan birortasida katta daromad olganiga isbotlar yo‘qligini aytdi.
Jamg‘arma vakillari sudning qaroridan hafsalalari pir bo‘lgani, biroq keyingi qadamlarini e'lon qilishga tayyormasliklarini aytishdi.
Mavzuga oid
15:58 / 21.10.2025
AQShda yiliga 500 ming dollar pul topadiganlar ham «oylikdan oylikkacha» yashay boshlagan. Nega?
16:37 / 13.06.2023
Goldman Sachs AQSh iqtisodiyoti asta-sekin o‘sib borayotgan bir paytda ham retsessiya sezilishini taxmin qildi
01:12 / 23.10.2020
Hongkong Goldman Sachs’ga 350 million dollar jarima soldi
07:49 / 22.04.2020