Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roison – bolaligingizdagi brend zamonaviy qiyofada qaytdi
O‘zbekiston bozorida ishonch va sifat ramziga aylangan Roison brendi uzoq tanaffusdan so‘ng yana sahnaga qaytdi. Kompaniya yangi avlod maishiy texnikalarida retro xotiralar va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtirib, bozorda kuchli raqobatga tayyor ekanini ko‘rsatmoqda.
Roison — 2000 yillar boshida O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan maishiy texnika brendi. U televizor, muzlatkich, gaz plitasi, kir yuvish mashinalari kabi turli maishiy jihozlar ishlab chiqarish va sotish bilan tanilgan edi. Shu davrda brend tezda mashhur bo‘lib, sifat va ishonch ramzi sifatida ko‘plab xonadonlarga kirgan edi. Brend yana o‘z salohiyatini namoyish etishga kirishdi – kompaniya 2025–2026 yillar uchun zamonaviy dizayn va ilg‘or texnologiyalar uyg‘unlashgan maishiy texnikalarini ko‘rgazmada taqdim etmoqda.


Ko‘rgazmada kir yuvish mashinalari, televizorlar, havo tozalagichlar, muzlatkichlar va sovitkichlar taqdim etilgan. Har bir qurilma nafaqat ko‘rinishi, balki funksiyalari bilan ham ajralib turadi:
· Kir yuvish mashinalari kirning turiga qarab avtomatik rejim tanlaydi.
· Muzlatkichlar ilg‘or sovitish tizimi bilan mahsulotlarni uzoq muddat saqlaydi.
· Havo tozalagichlar havodan chang va allergenlarni filtrlab, xonani salqinlashtiradi.
· Televizorlar 100 dyuymgacha diagonal va Dolby Atmos ovoz texnologiyasi bilan uyda kinoteatr muhitini yaratadi, shuningdek, qo‘shimcha uskunasiz karaoki sifatida ham ishlaydi.

Roison qurilmalari energiya tejamkorligi bilan ham alohida ahamiyatga ega:
· A++ sinfdagi muzlatkich — yiliga 339 kVt (oyiga 28 kVt).
· A sinfdagi 10 kg kir yuvish mashinasi — oyiga 4,5 kVt.
· 12 talik inverter konditsioner — oyiga 140 kVt.
· 86 dyuymli televizor — kuniga 4 soat ishlatilganda oyiga 27,6 kVt.
Roison bugungi kunda bolalik xotiralarini uyg‘otish bilan birga, zamonaviy texnologiyalar va tejamkorlikni uyingizga olib kelmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:32 / 11.01.2025
Elektrotexnika sanoatida ayrim korxonalarga yangi soliq imtiyozlari berilishi mumkin
17:14 / 24.08.2024
Eltech-Lab energosamaradorlik sinovlarini o‘tkaza olmadi. Tovarlar yarim yil bojxonada qolib ketgan
21:12 / 19.08.2024
Notarif cheklovlar fonida: Maishiy texnika importi keskin qisqardi
17:09 / 19.06.2024