Gap nimada?

Kun.uz joriy yilning fevral oyida maişiy texnikalar importida yangi talab kiritilib, energosamaradorlik testlarini ötkaziş majburiy bölgani haqida yozgandi. Fevraldan Özbekistonga olib kiriladigan sovitkiç, muzlatkiç va konditsionerlar energosamaradorlik böyiça sinovdan ötkazila boşlandi. Bu sinov bayonnomasini olmasdan turib, ularga muvofiqlik sertifikati berilmaydi va tovarni Özbekistonda sotiş mumkin bölmaydi.

Bunday talab 2019 yildagi prezident qaroriga asosan kuçga kirgan. Unga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan boşlab ilgari foydalanişda bölgan generator uskunalari, kuçlanişni pasaytiruvçi transformatorlar, elektr dvigatellar, şuningdek, energiya samaradorligi “B” va undan quyi toifadagi energiya sarflovçi maişiy elektr priborlarini Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş taqiqlangan. Bu toifaga 18 turdagi maişiy texnikalar kiradi. Sinov laboratoriyalarini işga tuşiriş katta mablağ talab qilgani bois bu tartib amalda 2024 yil boşidan kuçga kirgan va dastlabki bosqiçda sovitkiç, muzlatkiç va konditsionerlar energosamaradorlik testlaridan ötkazila boşlangan.

Tahririyatga murojaat qilgan importçilar sinov bayonnomasini oliş qimmatga tuşayotgani haqida aytgandi. Bunga sabab energosamaradorlik böyiça faqat bitta korxona – “Özeltexsanoat” uyuşmasi huzuridagi “Eltech-Lab” MÇJ sinov bayonnomasini berayotgandi. Şu tufayli sovitkiç va muzlatkiçlar olib kiruvçi 30 dan ziyod importyorlar navbati kelişini kutayotgandi.

Tadbirkorlar yarim yil kutişga majbur bölgan

Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, “Eltech-Lab” fevral oyida ötkazişni boşlagan sinov testlari natijasini may oyiga qadar ham taqdim eta olmagan.

“Özeltexsanoat” uyuşmasining bayonot berişiça, joriy yilning ikkinçi çoragidan boşlab, uyuşma huzuridagi “Eltech-Lab” MÇJda energosamaradorlik böyiça (sovitkiç, muzlatkiç va konditsioner) sinov jarayonlari töxtatilgan.

“9 turdagi tovarni testdan ötkaziş uçun ariza berganman. May oyigaça Eltech-Lab kutib turing, navbatingiz kelmadi deb, işni çözib yurdi. Sertifikat ololmay yugurib yurganimda Eltech-Lab'dan taşqari UzTest laboratoriyasi ham oçildi. Eltech-Lab'dan may oyining oxirida pulimni qaytarib olib UzTest'ga olib bordim va javobini ötgan hafta oldik. UzTest 2 oyda test natijalarini çiqarib berdi”,