O‘zbekiston | 11:31 / 13.04.2016
3627
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev o‘zaro uchrashuvda hamkorlik masalalarini muhokama qiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev 2016 yilning 14-15 aprel kunlarida amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

"Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘istonning turli sohalardagi o‘zaro hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qiladilar", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 11-15 aprel kunlari Eron, Turkiya va O‘zbekiston bo‘ylab tashriflarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.