O‘zbekiston | 17:08 / 21.07.2022
14790
2 daqiqa o‘qiladi

Haydovchilarni tayyorlash va imtihondan o‘tkazish tizimi takomillashtiriladi - Hukumat qarori

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.

Foto: Sputnik

“Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Haydovchilarni tayyorlashda o‘quv soati haftasiga 20 soatgacha, kunlik 4 soatgacha rejalashtiriladi. Haydovchilarning malakasini oshirganlik bo‘yicha sertifikatlar faqat elektron racmiylashtiriladi.

Amaliy imtihonlarda “B” toifa uchun ishlab chiqarilganiga 5 yildan ko‘p bo‘lmagan, boshqa toifalar uchun 10 yildan ortiq bo‘lmagan transportlardan foydalaniladi.

O‘quv dasturlarini Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam bo‘lmagan miqdorda tasdiqlanadi.

2023 yil 1 yanvargacha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.

2022 yil 1 noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Mavzuga oid