Ma’lum bölişiça, yozma işlar orqali talabaning haqiqiy bilim darajasini aniqlaş tobora qiyinlaşmoqda. Sababi — talabalar sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib, tayyor va yuqori sifatli javoblarni osonlikça oliş imkoniga ega. Şuning uçun öqituvçilar talabani şaxsan suhbat orqali sinaşni ma’qul körmoqda.
Mutaxassislar fikriça, oğzaki imtihonlar bir neçta muhim afzalliklarga ega: u talabaning mustaqil fikrlaşi, mavzuni tuşuniş darajasi va tezkor javob qaytariş qobiliyatini aniqroq namoyon qiladi. Şu bilan birga, bu usul AI orqali “köçirib yoziş” holatlarini keskin kamaytiradi.
Biroq bu jarayon yangi muammolarni ham keltirib çiqarmoqda. Ayrim tahlilçilar “AI avlodi” tuşunçasini ilgari surib, talabalar texnologiyaga haddan taşqari boğlanib qolayotganini ta’kidlamoqda. Natijada, ularda mustaqil tahlil va çuqur örganiş könikmalari susayişi mumkin.
Şu bilan birga, ayrim davlatlarda AIʼdan noqonuniy yoki zararli foydalaniş holatlari ham qayd etilmoqda. Masalan, Avstraliyada öqituvçilarga qarşi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta videolar tarqalgani ta’lim tizimi xavfsizligi masalasini yanada dolzarb qildi.
Umuman olganda, bugungi kunda jahon ta’lim tizimi sun’iy intellekt bilan boğliq yangi voqelikka moslaşiş bosqiçida. Universitetlar esa ta’lim sifatini saqlab qoliş uçun an’anaviy usullarni qayta körib çiqmoqda va yangi yeçimlarni joriy etmoqda.

















