Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video
Respublika xalq partiyasi raisi O‘zgur O‘zelga noma’lum shaxs hujum qildi. Prezident Erdo‘g‘an unga qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan voqeani qoraladi.
Foto: yetkinreport.com
Turkiyaning Respublika xalq partiyasi raisi O‘zgur O‘zel 4 may kuni Istanbulda deputat Sirri Sureyyaning dafn marosimida hujumga uchradi.
Qayd etilishicha, voqea Taksim maydonidagi Otaturk madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan marosimdan keyin yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlardan ko‘rish mumkinki, noma’lum shaxs Turkiya muxolifati yetakchisiga shapaloq tushirgan va siyosatchining qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan darhol qo‘lga olingan.
Haberturk ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs «Biz — Usmonlilar avlodimiz!» deya xitob qilgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zelga qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan voqeani qoralagan va uning barcha tafsilotlari aniqlanishiga ishontirgan.
Hozirda hibsda saqlanayotgan Istanbul sobiq meri Akrom Imomo‘g‘li ham vaziyatga munosabatini bildirdi. «Raisimiz janob O‘zgur O‘zelga qilingan nopok hujumni qoralayman. Hujum qilgan shaxs va unga aloqador barcha zudlik bilan fosh etilishini talab qilaman», — deydi u.
Mavzuga oid
11:34 / 19.02.2026
“Qizimizning jasadi topilsa, olib ketsak bo‘ldi” – Sayyoraning jasadi haligacha qidirilmoqda
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
23:23 / 12.02.2026
Turkiya va yadro quroli: geosiyosiy tahlil
23:06 / 12.02.2026