Istanbulda ikki özbekistonlik ayol şafqatsizlarça öldirildi. Birining jasadi topilib, Özbekistonga qaytarildi. Ammo ikkinçi qurbonning jasadi çiqindilar orasidan haligaça qidirilmoqda. Gumonlanuvçilar qölga olingan, oilalar eng oğir jazo talab qilmoqda.

“Jasadi topilgan degan ma’lumot keldi, buyam yolğon ekan”

Istanbulda ikki özbekistonlik ayol Durdona Hakimova va Sayyora Ergaşaliyeva şafqatsizlik bilan öldirildi. Qotillikda gumonlanayotganlar ham özbek erkaklar. Politsiya dastlab Durdona Hakimovaning ölimi yuzasidan tergov boşlagan edi. Şu orada Durdonaning dugonasi Sayyoraning ham 23 yanvardan beri bedarak ekanligi haqida mazkur mamlakatda faoliyat yurituvçi Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati xabar berdi. Tekşiruv jarayonida aynan şu xonadonda yana bir ayol – Namanganda tuğilgan 32 yoşli Sayyora Ergaşaliyeva ham qurbon bölgani aniqlangan. 30 yanvar kuni Durdonaning jasadi va ikki farzandi Özbekistonga qaytarildi. Ammo Sayyoraning jasadi haligaça topilmagan.

“Bu yerga işlab pul topiş uçun kelgan edi. Şunaqa narsalarga e’tibor berişingizni söraymiz, yolğon ma’lumotlar tarqatilmasin. Jasadi topilgan degan ma’lumot keldi, buyam yolğon ekan. Rost gapni kutib turibmiz, bir narsa ilinjida şu yerda turibmiz: qizimizning murdasi topilsa, olib ketsak böldi. Şunga amaliy yordam bering, iltimos”, - deya murojaat qilgan marhumaning onasi Sohiba Muhsinova.

Ikki jasad bir jomadonda taşilgan - advokatlar

Voqea haqida xabar bergan Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati advokatlariga köra, uning jasadini topiş maqsadida hozirgaça 400 ming tonna çiqindi tekşiruvdan ötkazilgan.

Advokat Jyevat Bozkurt: “Söroq davomida ular Sayyora xonimni öldirganini tan olişgan. Avval 23 yanvardan 24 yanvarga ötar keçasi Sayyora xonim öldirilgan, şundan keyin gumonlanuvçilar tomonidan jasad bölaklarga ajratilgan. Jasadning bir qismi yaşab turgan manzil yaqinidagi çiqindi konteyneriga, qolgan qismi esa Fotih tumanidagi konteynerga taşlangan. Ular tana bölaklarini olib borgan jomadonni böşatib uyga qaytişgan. Sayyora xonimning telefoni orqali Durdona xonimga xabar yuborib, uni ham çaqirişgan.