Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Trampga Milliy gvardiyani Portlendga yuborishni vaqtincha taqiqladi
Oregon shtatidagi federal sudya prezident Donald Trampga immigratsiya qonunchiligiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilayotgan Portlendga Milliy gvardiya qo‘shinlarini yuborishni vaqtinchalik taqiqladi.
Portlend, Oregon. Foto: Spencer Platt/Getty Images
Oregon shtati federal sudyasi Karin Immergut AQSh prezidenti Donald Trampga Milliy gvardiya qo‘shinlarini shtatning eng zich joylashgan shahri Portlendga yuborishni vaqtincha taqiqlab qo‘ydi.
Qarorda, shuningdek, Portlenddagi norozilik namoyishlari qurolli kuchlarning kiritilishini oqlash uchun «shu darajada zo‘ravonlik va buzg‘unchilik bilan yuz bermagani» qayd etilgan. «Trampning Milliy gvardiyani federallashtirish haqidagi asoslari shtat gubernatorining ruxsatisiz joylashtirishni oqlash uchun talab qilinadigan yuqori standartlarga javob bermaydi», — deya sudya so‘zlari keltirilgan.
Bundan tashqari, Karin Immergut Qo‘shma Shtatlar «hukumatning haddan tashqari ta’siriga, xususan, fuqarolik ishlariga harbiy aralashuv shaklida qarshilik ko‘rsatishning uzoq va asosiy an’analariga ega» ekanligini ta’kidladi. Tramp ma’muriyati qaror ustidan shikoyat qilishi kutilmoqda. Oregon rasmiylari, o‘z navbatida, mintaqada Milliy gvardiyani joylashtirishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni uzaytirishni so‘rash niyatida, deb xabar berdi CNN.
28 sentabr kuni Oregon va Portlend rasmiylari AQSh hukumatini sudga berdi. Ular Donald Tramp ma’muriyati tartibsizliklarga javoban Oregon shtati Milliy gvardiyasi qo‘shinlarini federal xizmatga jalb qilishga buyruq berib, o‘z vakolatlaridan oshib ketganini da’vo qilmoqda.
Hujjatda prezident, mudofaa vaziri Piter Hegset, ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem va tegishli vazirliklar javobgar sifatida ko‘rsatilgan. Avvalroq mudofaa vaziri 200 nafar Oregon Milliy gvardiyasi askari «darhol 60 kunlik muddatga federal burchga chaqirilishi» aytilgan memorandumni e’lon qildi.
Mavzuga oid
14:06 / 21.12.2025
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
08:45 / 19.12.2025
Tramp 2026 yil uchun AQShning rekord mudofaa budjetini imzoladi
20:18 / 18.12.2025