Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi
Bu AQSh prezidenti Donald Trampning Venesuelaga kelayotgan va undan chiqayotgan, Amerika sanksiyalari ostida bo‘lgan barcha neft tankerlarini to‘liq blokirovka qilish to‘g‘risidagi buyrug‘idan bir necha kun o‘tib ro‘y berdi.
Foto: X/Sec_Noem
Venesuela hukumati tankerning qo‘lga olinishini o‘g‘irlik deb atadi va Amerika harakatlari jazosiz qolmasligi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga, jumladan, BMT Xavfsizlik kengashiga murojaat qilishga va’da berdi.
Bu ikki haftadan kamroq vaqt ichida tanker qo‘lga olinishi bilan bog‘liq ikkinchi holatdir. Bu safar to‘xtatilgan kema Amerika sanksiyalari ostida bo‘lmagan.
So‘nggi haftalarda AQSh Venesuela qirg‘oqlarida harbiylarini oshirmoqdaYu bu harakatlar narkotrafikka qarshi kurashga qaratilgani aytiladi, biroq Karakasdagilar Vashington Venesuela tabiiy resurslari, birinchi navbatda, neft ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun rejimni o‘zgartirishga intilmoqda, deb hisoblashadi.
Sentyabr oyidan beri AQSh Karib dengizida giyohvand moddalar savdosida gumon qilingan 20 dan ortiq kemaga zarba berdi, kamida 87 kishi halok bo‘lgan.
10 dekabr kuni AQSh Eron bilan aloqalari uchun AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan Skipper nomli yirik neft tankerini qo‘lga olgandi.
20 dekabr kungi operatsiya ham AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan amerikalik harbiylar ko‘magida o‘tkazildi. Maxsus taktik guruh o‘sha paytda xalqaro suvlarda bo‘lgan kema sahniga kirib borgan.
«Qo‘shma Shtatlar sanksiyalarga uchragan va mintaqada narkoterrorizmni moliyalashtirish uchun ishlatiladigan neftning noqonuniy ko‘chirilishini ta’qib qilishda davom etadi», – dedi X tarmog‘ida AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem yetti daqiqalik operatsiya videosini joylashtirib.
OAVga ko‘ra, shanba kuni qo‘lga olingan Centuries kemasi AQSh sanksiyalari ostida bo‘lmagan, Trampning blokada haqidagi buyrug‘i esa sanksiya ostidagi tankerlarga tegishli hisoblanadi.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Panama bayrog‘i ostidagi bu kema Osiyo tomon suzayotgandi. So‘nggi besh yil ichida Xitoyga tegishli bo‘lgan tanker Gretsiya va Liberiya bayroqlari ostida ham harakatlangan, deya qo‘shimcha qiladi BBC Verify.
Venesuela neftiga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan, biroq ba’zi kompaniyalar, masalan, Amerikaning Chevron kompaniyasi uchun sanksiyalar rejimidan istisnolar mavjud. Chevron Venesuelaning ko‘p qismlarida burg‘ilash ishlarini olib boradi va davlat neft kompaniyasi Petroleos de Venezuela (PDVSA) bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
08:45 / 19.12.2025
Tramp 2026 yil uchun AQShning rekord mudofaa budjetini imzoladi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:03 / 18.12.2025