Jahon | 18:22 / 07.11.2025
8453
2 daqiqa o‘qiladi

Grin-karta lotereyasi saqlanib qoladi, faqat ro‘yxatdan o‘tish sanasi o‘zgaradi - AQSh Davlat departamenti

Grin-karta uchun an’anaviy tarzda oktabr oyi boshida ochiladigan arizalar qabuli jarayoni 2025 yilda boshlanmadi. AQSh Davlat departamenti dastur saqlab qolinishi, o‘zgartirishlar faqat ro‘yxatdan o‘tish va natijalarni e’lon qilish muddatlariga taalluqli ekanini ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

AQSh Davlat departamenti Diversity Visa (DV-2027) lotereyasida ishtirok etish uchun ariza yo‘llash tartibida texnik o‘zgarishlar haqida xabar berdi.

Dastur saqlab qolinadi, o‘zgartirishlar faqat ro‘yxatdan o‘tish va natijalarni e’lon qilish muddatlariga taalluqlidir. Aniq sanalar keyinroq e’lon qilinadi.

Aniqlik kiritilishicha, DV-2027 g‘oliblari immigratsiya vizalari uchun hujjatlarni avval belgilangan muddatlarda - 2026 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 30 sentabrgacha topshirishi mumkin.

Shunday qilib, tashkiliy tuzatishlar dastur mexanizmining o‘ziga ta’sir qilmaydi.

Bundan tashqari, joriy yilning 16 sentabridan boshlab lotereyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish yig‘imi - 1 AQSh dollari miqdorida joriy etildi. Bu konsullik yig‘imlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi hujjatda nazarda tutilgan.

Diversity Visa dasturi har yili AQShga migratsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlar fuqarolariga 50 mingga yaqin viza berishni nazarda tutadi. Natijalarni tekshirish Entry Status Check (ESC) tizimi orqali amalga oshiriladi.

Shu vaqtgacha Grin-karta lotereyasiga arizalar qabul qilish har yili oktabr oyining boshida ochilar va noyabr oyining boshida yopilar edi. Masalan, DV-2026 dasturi uchun ariza qabuli 2024 yil 2 oktyabrdan boshlandi. Biroq, 2025 yilda ushbu muddatda ariza qabuli ochilmadi va Davlat departamenti bu masalaga izoh bermadi.

Mavzuga oid