O‘zbekiston | 09:00 / 05.03.2026
3282
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Texnologiyalar, investitsiyalar va ko‘lam – xalqaro darajadagi yangi avtomobil loyihasi

Joriy yilning 30 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida Asaka Motors International, SAIC Motor International va MAC Trading FZE o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining Sirdaryo viloyatida MG brendi ostida zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish va distributsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Foto: Asaka Motors International

Shu bilan birga, ushbu voqea Asaka Motors International'ning navbatdagi yirik xalqaro ishlab chiqaruvchilardan biri hamda global distributsiya sohasida katta tajribaga ega MAC Trading FZE bilan hamkorlikni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.

Erishilgan kelishuvlar doirasida 2026 yilning aprel oyida MG brendining 4 ta modelini ishlab chiqarish va savdosini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Joriy yilning iyul oyida modellar qatori 6 taga yetkaziladi. Qolaversa, kelgusida iste’molchilar tanlovidan kelib chiqqan holda 2 ta model to‘laqonli sanoat ishlab chiqarishiga (payvandlash, bo‘yoqlash va yig‘ish) o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Asaka Motors International bugungi kunda 30 gektar maydonda yillik 150 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi zavod qurilishini amalga oshirmoqda. Loyihaga rejalashtirilgan investitsiya hajmi 129 million AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha 2026 yilning IV choragida ishga tushiriladi.

Loyihaning amalga oshirilishi mahalliy avtomobil sanoatini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, 3000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid