Sport | 22:22 / 26.02.2017
11049
3 daqiqa o‘qiladi

La-liga. «Barselona» «Atletiko»ni yengib peshqadamga aylandi

Ispaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Madriddagi «Visente Kalderon» stadionida bo‘lib o‘tdi.

«Atletiko» o‘z uyida Kataloniyaning «Barselona» klubini qabul qilib, o‘z uyida o‘tkazgan 10-uchrashuvida ham g‘alaba qozona olmadi. Avvaliga Rafael Alkantara mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ko‘p o‘tmay Diyego Godin hisobni tenglashtirgandi. Biroq o‘yin tugashiga to‘rt daqiqa qolganida Lionel Messi tomonidan kiritilgan gol «Barselona»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» 54 ochko to‘plab turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Jamoa «Real»dan ikkita o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda, ikki ochko oldinga o‘tib ketdi. «Atletiko» esa 45 ochko bilan 4-pog‘onada qoldi.

Turning yana bir uchrashuvida «Espanol» o‘z uyida «Osasuna»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Ispaniya La-ligasi, 24-tur

Atletiko – Barselona 1:2 (0:0)
Gollar: Godin (70) – Rafinya (64), Messi (86).
Atletiko: Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko, Godin, Gabi, Saul, Koke, Ferreyra Karrasko (Torres, 68), Grizmann, Gameyro (Korrea, 72).
Barselona: ter Stegen, Umtiti, Pike, Mate (Din, 77), Serdji Roberto (Andre Gomesh, 85), Rafinya, Buskets, Inesta (Rakitich, 71), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (55), Saul (56), Savich (65), Gabi (73), Korrea (74), Messi (82).

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Espanol – Osasuna 3:0 (1:0)
Gollar: Kaysedo (17), Xurado (46), Moreno (90).
Espanol: Lopes, Mark Navarro, Duarte, Reyyes, Karikol, Peres (Reyyes, 73), Lopes Silva, Xurado (Mark Roka, 64), Pyatti, Moreno, Kaysedo (Melendo, 89).
Osasuna: Sirigu, Sanxurxo, Garsiya Subiriya, Vuyadinovich (Berenger, 60), Klerk, Romero (Merida, 64), Loe, Chaushich, de la Kuevas, Kodro (Garsiya, 32), River.
Ogohlantirishlar: Lopes Silva (24), River (24), Garsiya Subiriya (25), Berenger (71), Merida (76).
Chetlatish: Sanxurxo (27, Osasuna).

Tayyorlagan:  Azamat Murodov

Mavzuga oid