Green Card 2026 lotereyasidan chetlatilgan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi
Bu davlatlardan so‘nggi besh yil ichida 50 mingdan ortiq fuqaro AQShga ko‘chib kelgan.
AQSh Davlat departamenti fuqarolari Green Card DV-2026 lotereyasida qatnasha olmaydigan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu yil 18 davlat istisno ro‘yxatiga kiritilgan.
Ushbu davlatlardan so‘nggi besh yil ichida 50 mingdan ortiq fuqaro AQShga ko‘chib kelgan. Shu sababli ular 2026 yilgi Green Card DV-2026 lotereyasida ishtirok etolmaydi.
Ular: Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy (shu jumladan Honkong), Kolumbiya, Dominikana Respublikasi, Salvador, Haiti, Honduras, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Koreya Respublikasi, Venesuela, Vetnam.
Shuni ta’kidlash kerakki, Xitoy umumiy istisno qilinganiga qaramay, Makao va Tayvanda tug‘ilganlar lotereyada qatnashish huquqini saqlab qoldi.
Bundan tashqari, Davlat departamenti quyidagi Green Card lotereyasini ro‘yxatdan o‘tkazish sanalarini e’lon qildi:
DV-2026 lotereyasiga ro‘yxatdan o‘tish 2024 yil 2 oktyabrdan 2024 yil 5 noyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
DV-2026 lotereyasi natijalari 2025 yil 3 maydan e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj joriy etilishini e’lon qildi
07:53 / 26.11.2024