2026 yil yozida AQŞ, Kanada va Meksikada ötkaziladigan futbol böyiça jahon çempionati mezbon mamlakatlardagi inson huquqlari bilan boğliq keskin inqiroz şaroitida bölib ötadi. Bu haqda Amnesty International'ning 30 mart, duşanba kuni e’lon qilingan “Insoniyat ğalaba qozonişi kerak: FIFA-2026 jahon çempionatida huquqlarni himoya qiliş va repressiyalarga qarşi kuraş” nomli hisobotida söz boradi.
Musobaqa öyinlarining asosiy qismi bölib ötadigan AQŞda “inson huquqlari sohasida favqulodda vaziyat” kuzatilmoqda va u “taniş avtoritar amaliyotlar” bilan keçmoqda, deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari. Amnesty International asosiy muammolar sifatida quyidagilarni sanab ötadi: “Qurollangan agentlar eşiklarni buzib kirmoqda, bolalarni uşlab ketmoqda va allaqaçon yuz minglab kişilarni deportatsiya qildi. Ayrim futbol muxlislari omma oldida köriniş xavfli bölib qolganini aytmoqda, tört davlat — Kot-d’Ivuar, Haiti, Eron va Senegal fuqarolariga esa mamlakatga kiriş taqiqlangan”.
Amnesty International fikriça, AQŞda jahon çempionati vaqtidagi eng jiddiy xavf “qattiqqöl, kamsituvçi va köp hollarda ölimga olib keluvçi migratsiya nazorati” tizimidan kelib çiqadi. Hisobot mualliflari şunday yozadi: “Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) hamda AQŞ Çegara-bojxona xizmati harbiylaştirilgan tuzilmalarga aylandi: niqobli, qurollangan agentlar ordersiz uylarga bostirib kirmoqda, odamlarni asossiz uşlamoqda, hibsda saqlamoqda, zöravonlik qilmoqda va öldirmoqda”.
Ularning hisob-kitoblariga köra, 2025 yil boşidan buyon ICE saqlaş markazlarida 43 kişi vafot etgan, agentlar esa “ölimga olib keluvçi kuç işlatgan, jumladan noqonuniy öldiriş holatlari ham bölgan”. Bundan taşqari, rasmiy statistikaga köra, ötgan yili 500 mingdan ortiq kişi deportatsiya qilingan, ICE tomonidan köçalarda amalga oşirilgan hibslar soni ön bir barobarga, hibsda saqlanayotgan bolalar soni esa olti barobarga oşgan. Amnesty International Mayami yaqinidagi saqlaş markazlaridagi şaroitlarni şafqatsiz, ğayriinsoniy va qadr-qimmatni tahqirlovçi muomalaga, ayrim hollarda esa qiynoqqa tenglaştirgan.
Hisobotda şunday deyiladi: “Futbol migrant jamoalar orasida ommabop bölişiga qaramay, na FIFA, na AQŞ hukumati etnik profillaş, özboşimçalik bilan uşlaş va deportatsiyadan himoya böyiça kafolat berdi. Bundan taşqari, ICE vakillari agentlik jahon çempionati xavfsizlik tizimining bir qismiga aylanişini aytgan”.
Meksikada inson huquqlari bilan boğliq muammolar allaqaçon “çuqur ildiz otgan”, deya qayd etadi huquq himoyaçilari. Ular “keng tarqalgan zöravonlik, jazosizlik va tizimli tahdidlar”ga işora qiladi. Amnesty International rasmiy ma’lumotlarga tayanib yozişiça, Meksikada qotilliklar darajasi dunyodagi eng yuqori körsatkiçlardan biri bölib, har 100 ming aholiga 17,5 holat töğri keladi, öğirlab ketiş holatlari soni esa sönggi 10 yil içida 200 foizga oşgan.

















