Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zokirjon Almatov korrupsiyaga qarshi kurashadi
Foto: Google image
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari general-polkovnik Almatov Zokirjon Almatovich Korrupsiyaga qarshi komissiya raisi etib tayinlandi. Bu haqda bir necha manbalar xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqilgan, yakunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalar tashkil etilishi ma'lum qilingandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hali kuchga kirmadi, ushbu qonunda komissiya tuzish belgilangan. Ya'ni, Almatov hali tuzilmagan komissiyaga oldindan rais etib tayinlangan.
Zokirjon Almatov Toshkent shahrida 1949 yilda tug‘ilgan. Ichki ishlar organlarida 1971 yildan beri xizmat qilgan. 1991 yil 16 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 2005 yilda esa iste'foga chiqarilgan.
Mavzuga oid
08:58 / 03.05.2026
Toshkentda profilaktika inspektori jinoyat ishi qo‘zg‘atish evaziga 10 ming dollar olayotganida ushlandi
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
08:32 / 23.04.2026