Çirçiq şahar IIB profilaktika inspektoriga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilişiça, fuqaro I.Saidov (1990 y.t.) jinoiy guruhga yetakçilik qilib kelgan va guruh 1994 yilda tuğilgan fuqaroga tan jarohati yetkazgan. Profilaktika inspektori esa holatni bosdi-bosdi qiliş uçun Saidovdan 2700 dollar olib, şundan 1000 dollarini jabrlanuvçiga bergan.

Inspektor jabrlanuvçiga yana 300 dollar bergan vaqtida, tezkor tadbirda uşlangan. Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Şuningdek, profilaktika inspektorining mazkur noqonuniy harakatiga aloqador bölgan hamkasbini ham jinoyat işiga jalb qiliş çoralari körilmoqda”, – deyiladi xabarda.