Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Trampdan Moskvagacha yetib boradigan Tomahawk raketalarini so‘radi – OAV
Ukraina rahbari Tramp bu iltimosga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lganini aytdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Nyu-Yorkda, Donald Tramp bilan yopiq uchrashuvda Moskvadagi nishonlarni urish imkonini beruvchi Tomahawk raketalarini so‘radi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph gazetasi yozdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy Oq uy rahbariga yuqori texnologiyali qurollar Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar stoliga o‘tqazishga yordam berishini aytgan.
Bir necha manbalarning gazetaga ma’lum qilishicha, bu iltimos BMT Bosh Assambleyasi maydonida bo‘lib o‘tgan ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi chog‘ida bildirilgan va o‘ta ijobiy deb baholangan.
Uchrashuvdan keyin bergan intervyusida Zelenskiy Tramp o‘zining uzoq masofali qanotli raketalarni taqdim etish haqidagi iltimosiga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lganini aytdi.
«Prezident Tramp biladi, men kecha unga bizga bir narsa kerakligini aytdim. Bu bizga kerak, lekin bu biz undan foydalanamiz degani emas. Chunki agar bizda shu narsa bo‘lsa, menimcha, bu Putinga muzokaralar stoliga o‘tirishi uchun qo‘shimcha bosim bo‘ladi», dedi Ukraina prezidenti Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng.
Zelenskiyning Tomahawk raketalarini olishga urinishlari muvaffaqiyatli bo‘ladimi yoki yo‘qmi, noma’lum, deyiladi maqolada.
Tomahawk qanotli raketalari 1250 dan 2500 kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tadi. Ular dushmanning chuqur orqa qismida uzoq masofadan yuqori aniqlikda zarba berish uchun asosiy vositadir.
Shu paytgacha AQSh bunday raketalarni Ukrainaga berishdan bosh tortib kelgan.
Mavzuga oid
22:54
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
22:07
Mindichning daragi chiqdi. U Ukrainaga qaytmoqchi emas
18:44
Zelenskiy tinchlik rejasining 20 bandi haqida gapirdi. Qanday yangiliklar bor?
15:25