Zelenskiy tinçlik rejasining 20 bandi haqida gapirdi. Qanday yangiliklar bor?
|23:44 / 24.12.202514 14215 min
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev va Vaşington Rossiya bilan tinçlik kelişuviga asos böladigan hujjatlar ustida işni davom ettirayotganini aytdi. Uning sözlariga köra, AQŞ va Yevropa Ittifoqidan Ukraina uçun keng qamrovli xavfsizlik kafolatlarini olişga umid qilmoqda.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 24 dekabr kuni jurnalistlar bilan muloqot çoğida sönggi haftalarda Ukraina, AQŞ va Rossiya muhokama qilayotgan tinçlik rejasining 20 ta bandini sanab ötdi. Zelenskiy bu rejani «uruşni yakunlaş töğrisidagi bazaviy hujjat» deb atagan. Bundan taşqari, Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari hamda mamlakat tiklanişi böyiça ikkinçi va uçinçi hujjatlarning ham qoralama variantlari tayyorlangan.
Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina va AQŞ tomonlari «hujjatlarni yakunlaşga ança yaqinlaşgan», ammo hozirça tinçlik rejasining ikki bandi böyiça kelişuvga erişib bölmayapti.
«Biz Donbass hududi va Zaporijjya AES böyiça Amerika tomoni bilan konsensusga erişa olmadik. Lekin köpçilik pozitsiyalarni bir-biriga ança yaqinlaştirdik. Umuman olganda, bu şartnomadagi boşqa barça bandlarda murosa yöli topilgan», – dedi u.
Ukraina prezidenti mojaroli masalalarni Donald Tramp bilan uçraşuvda muhokama qilmoqçi.
Uning sözlariga köra, Kiyev Rossiya tomonining muhokama qilinayotgan bandlarga munosabatini kutmoqda, şundan söng «keyingi qadamlar va u yoki bu qarorlar uçun ehtimoliy muddatlar haqida tasavvur hosil böladi».
«Agar biz bugungi kunda mavjud bölgan uşbu 20 ta band haqida gapiradigan bölsak, bu sezilarli evolyutsiyani boşdan keçirgan doiraviy hujjat – bu öşa ilgari 28 ta banddan boşlangan hujjat. <...> Bu hali qoralama loyiha. Bu hali tomonlar örtasida kelişilgan hujjat emas, ammo unda uruşni qanday tugatiş taklif qilinayotgani haqida ma’lum bir mantiq şakllangan», – deydi Zelenskiy.
Volodimir Zelenskiy taqdim etgan tinçlik rejasida nima bor va nima yöq?
Yangilangan 20 band
1-band. Ukraina suvereniteti tasdiqlanadi.
«Biz Ukraina suveren davlat ekanini ta’kidlaymiz va şartnomalarni imzolaganlarning barçasi buni öz imzolari bilan tasdiqlaydi», – dedi Zelenskiy.
2-band. Rossiya va Ukraina örtasida özaro hujum qilmaslik töğrisida keng qamrovli şartnoma tuziladi.
Zelenskiyning izohlaşiça, töqnaşuv çiziğida monitoring mexanizmi yaratiladi.
3-band.
Mavzuga oid
Ukraina mustahkam xavfsizlik kafolatlariga ega böladi.
4-band. Ukraina qurolli kuçlaridagi harbiylar soni – tinçlik davrida 800 ming kişi darajasida böladi.
800 ming – bu Ukraina qurolli kuçlarining haqiqiy miqdori, ammo bu Ukraina mudofaa kuçlarining jami soni şunça degani emas (unga Milliy gvardiya, Milliy politsiya, Davlat çegara xizmati, Boş razvedka boşqarmasi va UXX qismlari ham kiradi).
Ukraina armiyasi sonini çeklaş – Moskva talablaridan biridir. 2022 yilda Rossiya Ukraina armiyasi sonini 85 ming kişigaça çeklaşni talab qilgandi.
Joriy yil noyabr oyi oxirida OAVda e’lon qilingan 28 banddan iborat Uitkoff-Dmitriyev rejasida esa Ukraina armiyasining soni 600 ming kişi bilan çeklaş nazarda tutilgandi.
5-band. AQŞ, NATO va Yevropaning hujjatni imzolovçi davlatlari Ukrainaga 5-modda namunasida xavfsizlik kafolatlarini taqdim etadi.
Agar Rossiya Ukrainaga yana bostirib kirsa – harbiy javob qaytariladi va sanksiyalar tiklanadi. Agar Ukraina Rossiyaga bostirib kirsa yoki Rossiya hududiga öt oçsa – xavfsizlik kafolatlari bekor qilinadi. Agar Rossiya Ukrainaga öt oçsa – xavfsizlik kafolatlari kuçga kiradi.
Zelenskiyning sözlariga köra, bu bandda xavfsizlik kafolatlari uçun AQŞga kompensatsiya tölanişi haqida ham söz borgandi, biroq endi bu punkt öçirib taşlandi.
Bundan taşqari, rejada Ukrainaning NATOga qöşilmasligi haqida band yöq.
Rossiya Ukrainaning alyansga a’zo bölişiga qat’iyan qarşi va rejaning avvalgi versiyalarida şu haqda alohida band ham bor edi.
«Bu tomonlarning kelişuvi: Amerika, Ukraina, Yevropa va Rossiya. Bizning fikrimizça, bu NATO a’zolarining Ukrainani qabul qiliş yoki qilmaslik tanlovidir. Bizning tanlovimiz esa amalga oşdi», – dedi Zelenskiy çorşanba kuni jurnalistlar bilan uçraşuvda.
6-band. Rossiya öz qonunçiligida (jumladan, Davlat dumasida ratifikatsiya qiliş orqali) Yevropa va Ukrainaga hujum qilmaslik siyosatini mustahkamlab qöyadi.
7-band. Ukraina Yevropa Ittifoqiga kiriş huquqiga ega böladi, şuningdek, bu masala körib çiqilgunga qadar Yevropa bozoriga qisqa muddatli imtiyozli kiriş huquqi bilan ta’minlanadi.
Zelenskiyning qayd etişiça, Yevropa Ittifoqiga a’zolik – Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarining bir qismidir. U Ukraina 2027 yil yoki 2028 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişi belgilab qöyilişini istamoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Ukrainaning NATOga qöşilişidan farqli ölaroq, Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişiga heç qaçon qarşilik qilmaganini bir neça bor ta’kidlagan.
8-band. Ukraina uçun global rivojlaniş paketi, u alohida investitsiya şartnomasi orqali belgilanadi.
Paket quyidagilarni öz içiga oladi: investitsiyalar uçun taraqqiyot fondi, gaz infratuzilmasini rivojlantiriş, hududlarni tiklaş, foydali qazilmalar va tabiiy resurslarni qazib oliş.
9-band. Rossiya tajovuzidan yetkazilgan zarar uçun real kompensatsiya nazarda tutilmoqda.
Ukraina iqtisodiyotini tiklaş, zarar körgan hududlar va regionlarni rekonstruksiya qiliş, gumanitar masalalarni hal qiliş uçun bir neçta fondlar taşkil etiladi. Bu fondlarga jami 800 milliard dollar jalb qiliş maqsad qilingan.
Zelenskiy Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan qanday foydalaniş rejalaştirilgani haqida töxtalmagan.
10-band. Uşbu kelişuvdan söng Ukraina AQŞ bilan erkin savdo şartnomasini tuziş jarayonini tezlaştiradi.
Zelenskiyning sözlariga köra, AQŞ Rossiya ham bilan erkin savdo şartnomasini tuzmoqçi va uruş tugagaç, Vaşington Rossiyadan sanksiyalarni ketma-ket olib taşlaş yölidan boradi.
11-band. Ukraina Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga muvofiq yadrosiz davlat bölib qolişini tasdiqlaydi.
12-band. Zaporijjya atom elektr stansiyasidan qanday foydalaniş – hali yeçimi topilmagan ikki masalaning biri.
AQŞ rejasiga köra, stansiya uç davlat – AQŞ, Ukraina va Rossiya tomonidan birgalikda boşqarilişi kerak.
AQŞ uşbu korxonadan dividendlarni uçta mamlakat örtasida teng taqsimlaşni (33 foizdan) nazarda tutuvçi umumiy mexanizmni işlab çiqişni taklif qilmoqda. Bunday qöşma korxonaning boş menejeri amerikaliklar böladi.
Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina uçun bu «muvaffaqiyatsiz va noreal» – Kiyev Moskva bilan qöşma tijoriy faoliyat yuritişni istamaydi.
Kiyevning murosa taklifi: Zaporijjya AES AQŞ va Ukraina iştirokidagi qöşma korxona tomonidan boşqariladi, işlab çiqarilgan elektr energiyasining 50 foizini Ukraina oladi, yana 50 foizini nima qilişni esa AQŞ mustaqil ravişda belgilaydi.
Şu bilan birga, Zelenskiyning qöşimça qilişiça, hal qilinişi kerak bölgan yana köplab masalalar bor: bular katta investitsiyalar talab qiladigan stansiyani tiklaş, taxminan 2 milliard yevro turadigan töğonni tiklaş va stansiya hududini demilitarizatsiya qiliş.
Alohida murakkab masala – okkkpatsiya ostidagi Energodar. Kiyev Rossiya qöşinlarini şahardan olib çiqişni talab qilmoqda, ammo bu borada hali kelişuv yöq, deya qöşimça qildi Zelenskiy.
13-band. Ukraina va Rossiya Federatsiyasi maktablarda va butun jamiyatda özaro tuşuniş, turli madaniyatlarga bağrikenglik va irqçilik hamda notöğri qaraşlarni bartaraf etişga qaratilgan ta’lim dasturlarini amalga oşiriş majburiyatini oladi. Ukraina Yevropa Ittifoqining diniy bağrikenglik va ozçilik qatlamlar foydalanadigan tillarni himoya qiliş böyiça qoidalarini joriy qiladi.
14-band. Hududlar – ikkinçi bahsli va eng murakkab muammo.
Ukraina öt oçişni töxtatiş har qanday hududiy özgarişlarsiz, qöşinlarning kelişuv tuzilgan paytdagi haqiqiy joylaşuvi çiziği böylab qayd etilişi kerakligini ta’kidlamoqda.
«Ammo aslida biz şunday vaziyatdamizki, rossiyaliklar biz Donetsk oblastidan çiqişimizni xohlamoqda, amerikaliklar esa bu murosa yölini topişga harakat qilmoqda – çunki biz çiqişga qarşimiz», – deb eslatdi Zelenskiy.
AQŞ murosa sifatida Donetsk oblastida harbiylardan xoli yoki erkin iqtisodiy zona taşkil etişni taklif qildi.
Ammo Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina buni faqat referendum orqali qabul qilişi mumkin, uni taşkil etiş uçun unga haqiqiy otaşkesim amal qiladigan 60 kun kerak böladi.
Zelenskiyning sözlariga köra, agar «qayerda turgan bölsak, öşa yerda qolamiz» formatida kelişuvga erişilsa – Ukraina şu kelişuv asosida uruşni tugatişi va Zaporijjya atom elektr stansiyasi masalasini «yopişi» mumkin. Agar yöq bölsa – unda referendum.
«Bu mening amerikaliklarga bergan sönggi signalim edi va amalda muloqot şu böyiça davom etmoqda», – deya qöşimça qildi u.
Uşbu kelişuv kuçga kirişi uçun Rossiya Ukrainaning Dnipropetrovsk, Sumi, Xarkiv va Mikolayiv oblastlari hududlaridan qöşinlarini töliq olib çiqişi kerak.
Zelenskiy hududlar va erkin iqtisodiy zonalarni yaratiş masalalari yetakçilar darajasida hal qilinişi lozimligini ta’kidlagan.
Ma’lumki, Rossiya Ukraina Donbassni töliq taşlab çiqişini istaydi. 19 dekabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Putin yana bir bor Moskva mojaroni ötgan yilgi TIVdagi nutqida aytilgan şartlar asosida tugatişga tayyorligini aytdi. Gap Rossiya töliq nazorat qilmasa-da, öziniki deb hisoblagan tört oblastdan Ukraina qöşinlarini olib çiqib ketiş haqida edi.
15-band. Hududiy kelişuvlardan söng, Rossiya va Ukraina uşbu kelişuvlarni kuç bilan özgartirmaslik majburiyatini oladi. Uşbu majburiyat buzilgan taqdirda, heç qanday xavfsizlik kafolatlari qöllanmaydi.
16-band. Rossiya Ukrainaga Dnipro daryosi va Qora dengizdan tijoriy maqsadlarda foydalanişga tösqinlik qilmaydi.
Kemalar qatnovi va yuk taşiş erkinligini qamrab oluvçi alohida dengiz bitimi va foydalaniş töğrisidagi bitim tuziladi. Uşbu kelişuv doirasida Kinburn burni demilitarizatsiya (harbiylardan xoli) qilinadi.
17-band. Oçiq masalalarni hal qiliş uçun gumanitar qömita tuziladi.
Bu qömita harbiy asirlarni «barçani barçaga» formatida almaşiş, tinç fuqarolarni, şu jumladan bolalar va siyosiy mahbuslarni qaytariş, mojaro qurbonlari muammolarini hal qiliş bilan şuğullanadi.
18-band. Ukraina kelişuv imzolanganidan keyin saylovlarni imkon qadar tezroq ötkazişi kerak.
Zelenskiyning ta’kidlaşiça, prezidentlik saylovlarini öt oçiş töxtatilganidan keyin 60-90 kun içida ötkaziş mumkin böladi va parlament harbiy holatni bekor qilmasdan buni qonuniy ravişda ta’minlaşi mumkin.
Harbiy holat bekor qilingaç, parlament va mahalliy saylovlarni ham ötkaziş mumkin böladi.
Putin 19 dekabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Rossiya Ukrainada saylovlar ötkaziladigan kunda Ukraina hududiga zarba bermaslik haqida «öylab körişga tayyorligi»ni aytdi (Kreml Zelenskiyni noqonuniy prezident deb hisoblaydi, çunki uruş tufayli Ukraina qonunçiligiga köra, navbatdagi prezidentlik saylovlari ötkazilmagan).
19-band. Kelişuvning bajarilişini prezident Tramp raisligidagi Tinçlik kengaşi nazorat qiladi. Ukraina, Yevropa, NATO, Rossiya, Qöşma Ştatlar uşbu mexanizmning bir qismi böladi. Qoidabuzarlik uçun sanksiyalar körinişidagi jazo çoralari qöllanadi.
20-band. Barça tomonlar bu kelişuvga rozi bölganidan söng, darhol öt oçişni töliq töxtatiş rejimi kuçga kiradi.
Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiya har qanday holatda ham rejaning har qanday versiyasiga rozi bölişi kerak, «çunki Moskva prezident Trampga: biz tinç yöl bilan hal qilişga qarşimiz, deya olmaydi».
Kelişuvni imzolaşning aniq muddati yöq, ammo AQŞ uni imkon qadar tezroq imzolaşni istaydi, deya qöşimça qildi Ukraina prezidenti.
Ukraina kelişuvni ratifikatsiya qiliş uçun parlamentga kiritişi va/yoki uni ma’qullaş uçun umumukrain referendumini ötkazişi taxmin qilinmoqda. Ukraina saylovlarni referendum bilan bir vaqtda ötkazişga qaror qilişi mumkin, deya qöşimça qildi Zelenskiy. Şartnoma ikkala tomon ham öz majburiyatlarini bajargandan söng kuçga kirişi közda tutilgan. Xavfsizlik kafolatlari kelişuv töliq ratifikatsiya qilingan yoki referendumda ma’qullangan taqdirdagina kuçga kiradi.
Zelenskiyning sözlariga köra, tinçlik rejasidan taşqari, hozirda yana uçta hujjat qoralamalari mavjud. Bular:
Ukraina, AQŞ va Yevropa örtasida xavfsizlik kafolatlari böyiça uç tomonlama hujjat;
Ukraina va AQŞ örtasida xavfsizlik kafolatlari böyiça ikki tomonlama hujjat;
Ukrainani tiklaş va 2040 yilgaça iqtisodiy rivojlantiriş böyiça yöl xaritasi.
Tinçlik rejasining oldingi versiyalari qanday körinişda edi?
21 noyabr kuni Axios naşri Donald Tramp ma’muriyatining Ukrainadagi uruşni töxtatiş rejasini e’lon qilgandi. U 28 banddan iborat edi. Unda, xususan, Qrim, Luhansk va Donetsk de-fakto Rossiyaniki deb tan olinişi (jumladan, AQŞ tomonidan), Xerson va Zaporijjya oblastlari esa frontning hozirgi çiziği böyiça bölinişi körsatilgandi. Rossiya Ukrainaning tört oblasti va Qrimdan taşqaridagi bosib olingan hududlardan voz keçişi kerakligi, Ukraina esa öz qöşinlarini Donetsk oblastidan töliq olib ketişi, bu Rossiya tarkibidagi bufer zona bölib qolişi közda tutilgandi.
Bundan taşqari, rejada Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 100 milliard dollar Ukrainani tiklaşga yönaltirilişi aytilgan. Uşbu mojaroga aloqador barça tomonlar uruş davridagi xatti-harakatlari uçun töliq amnistiya oladi, deyilgandi hujjatning eski versiyasida.
Keyinçalik OAV va rasmiylar rejadagi turli özgarişlar haqida xabar berişdi. Xususan, Ukraina versiyasiga köra, Kiyev mamlakat şarqida Ukraina qurolli kuçlari nazorati ostida qolayotgan hududlar ustidan nazoratni saqlab qolişi kerak.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tramp ma’muriyatining dastlabki 28 bandlik tinçlik rejasi Rossiya-Ukraina uruşini tinç yöl bilan hal qiliş uçun asos bölişi mumkinligini aytgandi.