O‘zbekiston | 11:58 / 19.06.2024
5105
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha issiq ob-havo saqlanib turadi 

Kunduzgi harorat +34...+39 daraja, ba’zi hududlarda +41 darajagacha bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Ish haftasi oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Kunduzgi havo harorati +34...+39 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +41 darajagacha bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi.

Tekislik hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida kechga tomon havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon momaqaldiroq bo‘lishi, shaharning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+38 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon ba’zi joylarda 12−14 m/s gacha kuchayadi.

Mavzuga oid