O‘zbekiston | 18:59 / 18.07.2022
11166
4 daqiqa o‘qiladi

ANORHOME  kompaniyasi Termiz xalqaro savdo markazida savdo va ishlab chiqarish maydonlari sotuvini boshladi

Foto: ANORHOME

 «Termiz xalqaro savdo markazi» sotuvi boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PF-6109-sonli «Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi farmoniga asosan «Termiz xalqaro savdo markazi» faoliyati tashkil etildi va rivojlantirish dasturi tasdiqlangan.

 «Termiz xalqaro savdo markazi» — o‘z yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistondagi unikal loyiha bo‘lib O‘zbekiston va Afg‘oniston Islom Respublikasi chegara hududida joylashgan.

Vazirlar mahkamasining 2021 yil 1 iyuldagi 409-son qaroriga asosan Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari va ushbu davlat hududidan kiruvchi boshqa chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan 10 kun davomida markaz hududiga kirishi, hududda bo‘lishi va undan chiqishi mumkin.

Foto: ANORHOME

Markaz faoliyati dastlabki bosqich, bir chorak davrida o‘tkazish qobiliyati 1 milliondan ortiq O‘zbekiston va chet eldan tashrif buyuradiganlarni tashkil etishi kutilmoqda. Hozirda loyiha qurib bitkazilish jarayonida bo‘lib, 2023 yilning 1-choragida ishga tushishi mo‘ljallanmoqda.

Markaz hududi umumiy 26 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, 3,000dan ortiq chakana va ulgurji savdoga moslashgan do‘konlar, ishlab chiqarish maydonlari, quruq va muzlatkichli omborxonalar, mehmonxona va hostel, logistika markazi, restoran va ovqatlanish zonalarini o‘z ichiga oladi.

Foto: ANORHOME

Chakana va ulgurji savdo hamda eksport va import bilan shug‘ullanuvchi mahalliy va xorijlik tadbirkorlar markaz hududida joylashgan to‘rtta savdo pavilonlarida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha do‘konlarni xarid qilishlari mumkin.

Foto: ANORHOME

Markaz hududida chakana va ulgurji savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilgan bo‘lib «Erkin bojxona zonasi» rejimi amal qiladi. Markaz hududidan har qanday tovarlar olib o‘tish mumkin, tovarlar Markaz hududiga bojxona to‘lovlari to‘lamasdan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanmasdan olib kiriladi.

Bundan tashqari, «Termiz xalqaro savdo markazi»da tadbirkorlar:

 — Ko‘p funksiyali tibbiyot klinikasi;

 — Mehmonxona va hostel;

 — Restoran va ovqatlanish maydonlari;

 — Ishlab chiqarish maydonlari;

 — Quruq va muzlatkichli omborxonalar;

 — Logistika markazi maydoni;

 — Avtoservis va yoqilg‘i quyish shoxobchalarini

Foto: ANORHOME

 Toshkent va Termiz shaharlaridagi sotuv bo‘limlarida xarid qilishlari mumkin.

 Toshkent shahri:

 Yangi Sergeli ko‘chasi, 6

 Termiz shahri:

 Islom Karimov ko‘chasi, 108

 Tel: +998 78 148-75-00

 Sayt: www.anorhome.com

Instagram: https://www.instagram.com/anorhome

Feysbuk: https://www.facebook.com/anorhome

 Reklama