Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada ob-havo xavfining “olovrang darajasi” qayd etilmoqda
Foto: TASS
Moskvada sinoptiklar va'da qilgan bo‘ron ko‘tarildi. Ko‘plab tumanlarda momaqaldiroq va chaqmoq kuzatilmoqda, yomg‘ir sharros quymoqda. Bu haqida TASS ma'lum qildi.
“Gidrometsentr”dan xabar qilishlaricha, poytaxtda xavfli ob-havoning “olovrang darajasi” qayd etilgan. Markaziy Rossiyaning boshqa hududlari ham bo‘ron xavfidan ogohlantirilgan. “18 iyul kuni Tver viloyatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, shamolning tezligi 15-20 m/s. Bryansk va Orlovsk viloyatlarida ham kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 18-19 iyulda Moskva viloyatida kuchli yomg‘ir va do‘l kuzatiladi, momaqaldiroq bo‘ladi, shamolning tezligi 17 m/s”, - deya xabar berdi ob-havoni aniqlash markazi.
Haydovchilarga mashinalarini daraxtlar tagiga qo‘ymaslik, yo‘lovchilarga esa – reklama banerlari va yo‘l harakati belgilarini chetlab o‘tish tavsiya qilindi.
13 iyulga o‘tar kechasi Moskvada kuchli momaqaldiroq bo‘lib, bo‘ron shahardagi 100dan ortiq daraxtlarni qulatgan, 120dan ortiq avtomobillar ziyon ko‘rgan. Noqulay ob-havo natijasida 9 kishi jabrlangan.
Mavzuga oid
15:07 / 29.12.2025
Moskvada dronlar sabab 312 ta aviareys kechiktirildi va bekor qilindi
16:12 / 27.12.2025
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
10:25 / 27.12.2025
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
14:25 / 24.12.2025