Texnologiya | 16:11 / 10.04.2017
8087
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Chevrolet NIVA seriyali ishlab chiqariladi

10 apreldan boshlab Qozog‘istonning Qustanay shahrida Chevrolet NIVA avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "GM-AvtoVAZ" qo‘shma korxonasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Bugundan Qustanay shahridagi "SariarkaAvtoProm" korxonasida Chevrolet NIVA avtomobillarini Tolyattidan yetkazib berilayotgan butlovchi qismlardan yig‘ish yo‘lga qo‘yildi", - deyiladi xabarda. 

"GM-AvtoVAZ" va "SariarkaAvtoProm" o‘rtasida butlovchi qismlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv 2017 yil yanvarida imzolangan edi. Hozircha, korxonaning ishlab chiqarish hajmiga oydinlik kiritilmayapti. 

Mavzuga oid