Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? Fanlar akademiyasi izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Orolbo‘yidan dinozavr izlari va dinozavr bolasining suyaklari topilgani haqida xabar tarqaldi.
Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga qarashli Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot institutining geologiya laboratoriyasi mudiri Izzet Aimbetov mazkur xabarlarga izoh berdi.
“O‘tgan yilning sentabr oyida qoraqalpog‘istonlik olimlar bilan hamkorlik qilish istagida Slovakiyadan bir nechta paleontolog olimlar kelishdi. Ular Orolbo‘yidagi ko‘plab hududlarda tadqiqot olib borib, noyob topilmalarni topishdi. Ular orasida suvda yashaydigan dinozavrning kichikroq turining suyagi ham bor. Olimlar yurtlariga qaytib ketishdi va joriy yilning aprel oyi boshida yana Qoraqalpog‘istonga kelib, tadqiqot ishlarini davom ettirib, Ustyurtda dinozavr izini topishdi”, — deydi u.
Qayd etishicha, dinozavrning izlari yerga botib, vaqt o‘tgani sayin geologik jarayon natijasida toshga aylanib qoladi. Hozir olimlar ana o‘sha tosh izlarni chuqur o‘rganmoqda.
Mavzuga oid
07:05 / 20.08.2024
Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatishga 80 mln dollar beriladi
14:16 / 06.06.2024
Orol dengizi bo‘ylab 42 km: Orolbo‘yida ekomarafon bo‘lib o‘tadi
11:27 / 13.05.2024
Orolbo‘yi tabiat bog‘idagi fotoqopqonga chiyabo‘rining baliq ovlash jarayoni muhrlandi
10:11 / 29.04.2024