Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatishga 80 mln dollar beriladi
So‘nggi yetti yilda Orol dengizining qurigan tubida 1,9 million gektarda o‘rmonzorlar barpo etildi. Natijada, hududning o‘rmon bilan qoplanish darajasi 19 foizdan 35 foizga yetdi.

Foto: Kun.uz
Qoraqalpog‘istonda Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinib, 452 ta mahallaning har biriga 500 million so‘mdan ajratildi. Bu haqda prezident boshchiligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Osiyo taraqqiyoti bankidan jalb qilingan 274 million dollar hisobidan “Buxoro – Nukus – Beynov” yo‘nalishidagi 240 kilometr magistral yo‘l yaqin kunlarda ishga tushishi ma’lum qilindi.
Orolbo‘yidagi iqlim sharoitini yaxshilash bo‘yicha ham juda katta dastur boshlangan. So‘nggi yetti yilda Orol dengizining qurigan tubida 1,9 million gektarda o‘rmonzorlar barpo etildi. Natijada, hududning o‘rmon bilan qoplanish darajasi 19 foizdan 35 foizga yetdi.
Ekotizimni yaxshilash, sho‘rlangan, suvsiz muhitda yangi nav va urug‘larni yaratish uchun Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi.
Yaqinda tasdiqlangan qishloq xo‘jaligini iqlimga moslashtirish dasturiga ko‘ra, Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatishga 80 million dollar beriladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16
-
Tramp davrida federal budjet xarajatlari 154 mlrd dollarga oshdi
Jahon | 23:09
-
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin
Jahon | 23:08
-
Tramp tariflari investorlarning AQSh obligatsiya bozorlaridan qochishiga olib keldi
Jahon | 22:13
Mavzuga oid

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

22:01 / 25.01.2025
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

17:49 / 09.01.2025