23 iyun kuni Orol dengizining qurigan tubida Butunjahon çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan ekomarafon bölib ötadi. 

Uşbu marafonni ötkazişdan maqsad Orol dengizining ekologik falokati va suv resurslaridan oqilona foydalaniş zarur ekanligiga jamoatçilik e’tiborini qaratişdan iborat. Marafon marşruti Orolning qurigan tubi böylab hozirga qadar suv resurslari saqlanib qolgan hududlargaça davom etadi.

Bu yilgi poyga keng jamoatçilik uçun oçiq. Uşbu ekstremal marafonni zabt etiş istagida bölgan 100 nafar sportçi va havaskorlar iştirok etişi mumkin.

2023 yilda ProRun yuguriş maktabi asosçisi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi va Borsa kelmas şör köli böylab 42 km 195 metr  masofani bosib ötgan.