O‘zbekiston | 16:00 / 28.07.2017
12441
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar faoliyatini soddalashtirish uchun yangi standartlar joriy etilmoqda

“O‘zstandart” agentligi ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar faoliyatini soddalashtirishga qaratilgan O’z DSt 3185:2017 yangi standarti, Davlat raqobat qo‘mitasi esa O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” qabul qilinganligini e'lon qildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.

O’z DSt 3185:2017 “Xalqaro va mintaqaviy standartlarni O‘zbekistonning davlat standartlari sifatida qabul qilish” standarti mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilib, joriy etilgan. Endilikda, O‘zbekiston amaliyotida birinchi marta, xalqaro standartlar to‘sqinliksiz qabul qilinadi. Standart 2017 yil 1 iyul kunidan amalga kiritilgan.

Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” ham yangilik hisoblanadi, u mashinalar va uskunalar qiymatini baholash sohasida baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga soladi. 15-son MBMSni amal qilishi mashina va uskunalarning qiymatini aniqlash va tegishli baholash natijalarini aks ettirishda qoidalarni belgilashga qaratilgan.

 

Mavzuga oid